Prezident Şirin şahri energetika kollejidagi tajribaga töxtaldi. Kollejda Saudiya Arabistonining “ACWA power” kompaniyasi buyurtmasi asosida kadrlar tayyorlaş yölga qöyilgan. Kompaniya 2,8 mln dollarga zamonaviy ustaxona, laboratoriya va yotoqxona barpo qilgan.  

Hozirgi kunda kompaniya buyurtmasi asosida 140 nafar yoşlarni muqobil energiya stansiyasi texnigi, operatori va dispetçeri kabi kasblarga tayyorlaş boşlangan.

Viloyat hokimlariga Oliy ta’lim vazirligi va tarmoq rahbarlari bilan birgalikda şu tajriba asosida har bir tuman, şahar kesimida:

  • yirik iş beruvçilar va xorijiy korxonalar bilan muzokara olib borib, texnikumlarni yirik sanoat korxonalari va klasterlarga biriktiriş;
  • har bir viloyatda kamida 2 tadan texnikumda xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etiş topşirildi.

Ayrim texnikumlarga bir yilda 2 marta qabul taşkil etiş amaliyotini boşlaş vazifasi qöyildi.

Bandlik vazirligiga ötayotgan 70 ta muassasa negizida monomarkazlar, şundan 25 tasini joriy yil yakuniga qadar işga tuşiriş şartligi qayd etildi.