Yiğilişda Oliy ta’lim vazirligiga ayrim ta’lim yönalişlarini oliygohdan texnikumga beriş lozimligi körsatib ötildi.
«Misol uçun, Iqtisodiyot universitetida turizm menejmenti, reklama işi, mehnat muhofazasi, Transport universiteti va Andijon maşinasozlik institutidagi avtomobil servisi yönalişlarini texnikumlarga ötkaziş böyiça yetarli baza mavjud. Bunday kasblar önlab topiladi», deyiladi rasmiy xabarda.
Texnikumlari mavjud 62 ta oliygoh rektorlariga:
- oliygohlarda öqitilayotgan kamida 60 ta yönalişni texnikumlarga ötkaziş;
- texnikumlarni ötkaziladigan ta’lim yönalişlari böyiça öquv dasturlari va darsliklar bilan ta’minlaş;
- texnikumlarda özining kafedralari filiallari va öquv laboratoriyalarini taşkil etiş topşirildi.
Kelgusi yil 1 yanvardan boşlab ilmiy darajasi bor texnikum öqituvçilari iş haqi oliygoh öqituvçilarinikiga tenglaştiriladi.












