Prezident raisligida aholini kasb-hunarga öqitişni takomillaştiriş çora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yiğilişi ötkazilmoqda.
“Umuman, texnikumlarga bölgan yondaşuvlarni özgartiriş kerak. Ular oliygohga kirişning oson yöli emas, murakkab kasb beradigan, mehnat bozorida raqobat qiladigan tizim bölişi kerak”, dedi davlat rahbari.
Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadovning xabar berişiça, kelgusi yildan texnikumdan oliygohga imtihonsiz kiriş mexanizmi bekor qilinişi belgilandi.
Moliya vazirligiga oliygoh talabalari uçun joriy etilgan imtiyozli ta’lim kreditini yangi öquv yilidan texnikum va kollej öquvçilari uçun ham joriy etiş topşirildi.
Kollej va texnikumlarda öqiş uçun davlat grantlari va ehtiyojmand oila a’zolari uçun subsidiyalar köpaytiriladi.
Oliy ta’lim vazirligiga ikki oy muddatda 207 ta texnikum faoliyatini örganib, samarasiz işlayotgan 70 ta texnikumni tugatişga topşiriq berildi.
Ularning 25 tasi monomarkazlar taşkil etiş uçun Bandlik vazirligiga ötkaziladi, qolgan 45 tasi negizida kasb-hunar maktablari taşkil etiladi.













