— Konstitutsiyaviy islohotlar haqida gap ketganda, ijtimoiy tarmoqlarda köpçilik asosiy qomusga özgartirişlar kiritişdan asosiy maqsad prezident vakolat muddatlarini uzaytiriş ekani haqida gapirmoqda. Siz bu fikrga qanday qaraysiz?
— Oldingi savolingizga javob berayotganda men bugungi kunda Konstitutsiyani özgartirişning ahamiyati va zaruriyatini asoslaşga harakat qildim. Bu sözlarni qaytarib ötirmayman, men aminmanki, Konstitutsiyamizga özgartiriş kiritiş vaqti keldi. Bunga heç kim şubha qilmaydi.

Şu bilan birga, oçiqçasiga buni aytaylik, yangi Konstitutsiya qabul qilinsa, u albatta barça fuqarolar uçun, şu jumladan bugungi prezidentimiz uçun ham yangi konstitutsiya böyiça saylovlarda iştirok etişga imkoniyat yaratib beradi.
Prezidentimiz bu imkoniyat va huquqdan foydalanadimi, foydalanmaydimi, bu birinçi navbatda uşbu şaxsga havola. Bu şaxsni körsatadigan siyosiy partiyaga havola. Lekin bu haq-huquq u kişida böladi. Bu – xalqaro tajriba, yangi konstitutsiyami, yangi huquqiy makon yaratildi va bu yangilanadi.
Şaxsan, mening fikrimni sörasangiz, tajribadan kelib çiqib va xalqaro vaziyatni tahlil qilgan inson sifatida şuni aytişim kerakki, bugun biz bir nihoyatda tahlikali dunyoda yaşayapmiz. Kundan kunga murakkablaşib ketyapti. Şu jumladan bu mamlakatimiz uçun ham salbiy asoratlarini körsatmasdan iloji yöq. Lekin şunga qaramasdan biz islohotlarni davom ettirişimiz kerak. Men aminmanki, bu islohotlarni boşlagan insonda uni oxirigaça yetkazişga imkoniyat bölişi kerak. Buni men kim bilan xohlasangiz va qayerda xohlasangiz bahs qilişim mumkin.

Biz hammamiz sönggi beş yilda şuni kördikki, davlat rahbari, prezidentimiz Şavkat Miromonoviç Mirziyoyev qandaydir hokimiyatga tiş-tirnoği bilan yopişib olgan siyosatçi emas. Körib turibmiz, u kişi el-yurt va vatan uçun xizmat qilişga bel boğlagan, öz umrini bağişlagan inson. Körib turibmizki, xalqimizning oğirini yengil qiliş, birini ikki qiliş, kelajagini ta’minlaş uçun qançalik harakat qilyapti.
Bu yerda xalqaro munosabatlarga oid ozgina bilimi bor inson sifatida bir narsani aytişim mumkinki, oxirgi beş yilda Özbekistonda ham içki siyosat, ham taşqi siyosatda qilingan işlar misolida dunyoda eng yirik davlatlar tomonidan yangi formatsiyadagi lider sifatida e’tirof etilgan – Özbekiston prezidenti ekanini hamma tan olmoqda. Bu – mamlakatimizning, xalqimizning katta yutuği va daldasi desak böladi, buni yöqotişga haqqimiz yöq. Bugungi tahlikali dunyoda aynan dunyo tomonidan e’tirof etilgan lider Özbekistonga yölboşçi bölişi bu xalqimiz uçun kerak.








