Madaniy meros agentligi va Xorazm viloyati hokimligining Arab Muhammadxon madrasasida saqlanayotgan 56 mingta nodir topilma va buyumlardan iborat eksponatlarni saqlaş va namoyiş qiliş uçun “Içan-qal’a” davlat muzey-qöriqxonasi yangi muzey filiallarini taşkil etiş töğrisidagi takliflari ma’qullanadi.
Agentlik Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda:
- “Içan-qal’a” davlat muzey-qöriqxonasining Köhna ark majmuasi zarbxona binosida Xorazm xonligi zarbxonasi tarixi muzeyi, Polvon qoriy savdo uyi binosida Oq masjid mennonitlari tarixi muzeyi, Xiva tumani, Ogahiy uyida Ogahiy uy-muzeyi, Deşon-qal’ada joylaşgan Hazorasp darvozasida Xorazm madaniyati va tarixi muzeylari taşkil qilinişi;
- muzeylar nizomi işlab çiqilişi, tasdiqlanişi va belgilangan tartibda davlat röyxatidan ötkazilişi;
- muzeylarning ştatlar jadvali belgilangan tartibda işlab çiqilişi va tasdiqlanişi hamda malakali kadrlar bilan töldirilişi;
- muzeylarga zamonaviy interfaol axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilişi;
- muzeylarda madaniy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, ijodiy uçraşuvlar taşkil etilişi;
- manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda muzeylar ekspozitsiyasini muzey aşyolari bilan töldirilişi;
- muzeylarga sayyohlarning keng jalb etilişi çoralarini köradi.
Xiva şahridagi “Içan-qal’a”, “Dişan-qal’a” va boşqa madaniy meros obektlarida restavratsiya va ta’mirlaş-tiklaş işlarini hamda ularga yondoş hududlarda quriliş, rekonstruksiya va obodonlaştiriş işlarini amalga oşirişga faqat YuNeSKO Umumjahon meros markazi bilan kelişuv mavjud bölgan taqdirda ruxsat beriladi.












