8 iyun kuni Özbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov boşçiligida, Toşkent viloyati hududiy boşqarmasi tomonidan Toşkent viloyatining Çinoz tumanida faoliyat yuritayotgan fermer xöjaliklari bilan uçraşuvlar ötkazildi.
Seminarda joriy yilning 17 may kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida bölib ötgan, tovar-xomaşyo birjasida savdolarni köpaytiriş, mahalliy korxonalar iştirokini kengaytiriş böyiça yiğiliş hamda Özbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-262-sonli qarori ijrosini ta’minlaş böyiça fermer xöjaliklari rahbarlariga birja savdolari orqali buğdoy oldi-sotdisini amalga oşiriş böyiça tuşuntirişlar berildi.
Seminar bahs-muzokaralarga töla, yuqori kayfiyatda ötdi.
Mazkur uçraşuvda Çinoz tumanidan 45 nafar fermer xöjalik rahbarlari, “Çinoz Oltin Don” klasteri rahbari hamda 20 ga yaqin iş yurituvçilar iştirok etdi.
Uçraşuvda fermerlar tomonidan takliflar berildi. Jumladan, Çinoz tumanida faoliyat yuritib borayotgan “Arslonbekov Ne’mat” FX rahbari Ahmad Arslonbekov, “Doniyer Al Said” FX rahbari Şokir Rahimov hamda “Ahmedov Abduqayum” FX rahbari Abduqayum Ahmedovlar tomonidan quyidagi taklif va savollar berildi:
- fyuçers şartnomasi tölovini birja narxida topşiriş;
- birjada iştirok etiş uçun qanaqa hujjatlar kerak bölişi, sotilgan don mahsuloti uçun pul neça kunda hisobraqamga tuşirib berilişi;
- rejadan ortgan ğalla birja orqali sotilganda 15 foiz QQS tölanadi, agar topşirmasdan naqd pulga sotilsa, bu holatda uşbu 15 foiz QQS tölanmagani sababli moddiy yutuq mavjud, şu sabab rejadan ortgan ğalla birja orqali sotilganda 15 foizlik QQSdan ozod etiş;
- klaster, MIB va fermer munosabatini qonuniy tartibga soliş va qattiq nazorat qiliş.
Bu kabi uçraşuvlar respublikaning barça hududlarida taşkil etilmoqda.
Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati (T)










