BRIKS mamlakatlari BMT Xavfsizlik kengaşi va Jahon savdo taşkiloti isloh qilinişini qöllab-quvvatlaydi. Bu haqda xalqaro uyuşma sammiti yakunlari böyiça qabul qilingan qöşma deklaratsiyasida ma’lum qildi.

Deklaratsiyaga köra, BRIKS mamlakatlari xalqaro tizimda BMTning markaziy rolini saqlab qoliş tarafdori. Şu bilan birga, BRIKS «BMT Xavfsizlik kengaşini isloh qiliş borasidagi munozaraga yangi hayot bağişlaşga tayyor». 

Ta’kidlanişiça, Xitoy va Rossiya Braziliya, Hindiston va JARning «BMTda yanada sezilarli rol öynaşga urinişi»ni qöllab-quvvatlaydi. 

Bundan taşqari, BRIKS mamlakatlari Jahon savdo taşkilotining işini özgartirişga çaqirdi. 

Şuningdek, BRIKS mamlakatlari Jahon savdo taşkilotini «JST ruhi va qoidalariga zid keluvçi bir tomonlama va proteksionistik çoralarni qöllamaslikka» da’vat qildi. 

BMT Xavfsizlik kengaşiga AQŞ, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Xitoy kiradi.

Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan BMT tizimini isloh qiliş vaqti kelganini aytgandi.

«BMTga a’zo 193 mamlakat taqdirini beş mamlakat belgilaydigan tizim adolatdan emas. Tizim qayta isloh qilinişi kerak. Dunyodagi mamlakatlar beştadan köpligini gapirganimizda butun insoniyatning huquq va umumiy manfaatlarini himoya qilişga urinamiz, buni öz mamlakatimiz manfaati uçun gapirmaymiz», - degandi u.