Agentlik ma’lumotlariga köra, may oyida Rossiya poytaxtida eskirgan avtomobillarga talab 2021 yilning şu davriga nisbatan 27,77 foizga kamaydi. 

May oyida Moskva ikkilamçi bozorida eng ommabop model Ford Focus böldi, ammo bu avtomobil bilan oldi-sotdi bitimlari soni 34,14 foizga kamaydi. Ikkinçi örinda Hyundai Solaris (-20,5 foiz), kuçli uçlikni Kia Rio (-30,85 foiz) yopdi. Törtinçi örinda Daewoo Matiz (-9,69 foiz). 

15 ta eng ommabop modellar orasida 14 ta avtomobil salbiy tendensiyani körsatdi. Biroq, 2022 yilning may oyida foydalanilgan Daewoo Nexia’ga talab 15,73 foizga oşgan. 

2022 yilning yanvar-aprel oylarida Rossiyada foydalanilgan yengil avtomobillar narxi örtaça 19 foizga oşdi. Tegişli ma’lumotlar «Avtostat» tahliliy agentligi tomonidan taqdim etilgan.