Prezidentning “Xalqaro şartnomani tasdiqlaş töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qaror loyihasi “Özbekiston xalqaro şartnomalari töğrisida”gi qonun 22-moddasiga binoan Taşqi işlar vazirligi tomonidan işlab çiqilgan.

Hujjat loyihasi orqali quyidagilar nazarda tutilmoqda:

  • Özbekiston hukumati bilan Eron hukumati örtasida xavfsizlik böyiça qöşma komissiyani taşkil etiş töğrisidagi kelişuvni (Toşkent şahri, 2022 yil 9 mart) tasdiqlaş;
  • Taşqi işlar vazirligiga Özbekiston mazkur xalqaro şartnomani kuçga kirişi uçun zarur bölgan davlat içki tartib-taomillarini bajargani töğrisida Eron tomoniga tegişli bildirişnomani yuboriş vazifasini yuklaş;
  • qaror ijrosini nazorat qilişni Özbekiston boş vaziri hamda Özbekiston prezidenti huzuridagi xavfsizlik kengaşi kotibi zimmasiga yuklaş.

Protokolda ikki davlat örtasida xavfsizlik sohasida hamkorlikni muvofiqlaştiriş maqsadida qöşma komissiya taşkil etiş belgilangan.

Komissiya tomonlar davlatlari vakolatli organlari teng miqdordagi vakillaridan iborat böladi.

Uning asosiy vazifalari tomonlar örtasida terrorizm, ekstremizm, giyohvand moddalar savdosi va boşqa transmilliy jinoyatçilikka qarşi kuraşda özaro aloqalarni örnatiş, monitoring ötkaziş va mintaqadagi mavjud xavfsizlik holatini tahlil qiliş, vaziyatga javob beriş böyiça tegişli sohalarda qöşma takliflarni işlab çiqiş hisoblanadi.

Komissiya yiliga bir marotaba navbatma-navbat Toşkent hamda Tehron şaharlarida oldindan belgilangan muddatlarda uçraşuvlar ötkazadi.