2022 yil 18 mart kuni Instagram'da Asalhoney nomi bilan tanilgan bloger Asal Xöjayevaning jasadi öz xonadonidan topilgan edi. Xöjayevaning qotili topildi va u qotillikni qanday sodir etganini aytib berdi.
Ma’lum bölişiça, qotillikni Xorazm viloyatida tuğilgan Karimbergan ismli şaxs sodir etgan. Bloger jasadi topilganidan 1-3 kun oldin öldirilgan. Qotil Asalhoney bilan internetda tanişib, telefon qilganida bloger uni haqorat qilgan. Şundan keyin qotil Instagram orqali Asalhoney'ning uy manzilini aniqlagan. Keyin uyga borib, eşikni taqillatgan, eşikni oçgan blogerning qorniga piçoq urgan.
Qotil yerga yiqilgan Asalhoney'ni böğib öldirgan. Keyin uyidagi 31 million sömlik boyliklarini qölga kiritgan. Yetmaganiga blogerning kartasidagi 1 million sömni onlayn qimor öyinlariga tikib yuborgan. Şundan keyin tongda uyni tark etgan.
Holat böyiça Jinoyat kodeksining 97 va 164-moddalari bilan iş oçilib iş materiallari sudga oşirilgan.








