Bu haqda «Özgidromet» yetakçi mutaxassisi Erkin Abdulahadov ma’lum qildi.
Uning ma’lumotlariga köra, mahalliy vaqt bilan soat 11:00 da Navoiy viloyatidagi uçta meteorologiya stansiyasi jahondagi eng yuqori issiqlik körsatkiçlaridan birini qayd etgan.
Avvalroq Navoiy viloyatida haroratning mutlaq maksimal darajasi qayd etilgani xabar qilingandi.

29 iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 13:20 da Navoiy viloyatidagi «Maşiquduq» meteorologiya stansiyasida 47,1 daraja issiq qayd etilgan.
Özbekistonda barça yillardagi meteorologik kuzatuvlar davomida eng yuqori harorat (48-49 daraja issiq) Qizilqum çölida (1983 yil iyul) va Termiz şahri hududida (1914 yil iyun-iyul) qayd etilgan.
Toşkent şahrida esa mutlaq maksimal harorat 44,6 daraja issiqqa teng bölgan. Bu harorat 1997 yil 18 iyulda qayd etilgan.











