Joriy yil iyun oyi oxirida Özbekiston aholisi kuçli issiqning birinçi tölqinini boşdan keçirdi. 25 iyundan boşlab maksimal havo harorati oşib bordi.

“Özgidromet” xabariga köra, 27-28 iyun kunlari şimolda va çöl hududlarda, 29 iyunda hududlar katta qismida issiq maksimal darajaga yetdi. Uşbu kunlarda termometr ustuni kun ikkinçi yarmida 40-42 daraja issiqqaça, şimolda, janubda va çöl hududlarda 44-46 daraja issiqqaça kötarildi. Qizilqumning ayrim hududlarida havo harorati 47 darajaga yetdi, bu meteorologik kuzatuvlarning barça yillari uçun eng yuqori iyun oyi qiymatlariga yaqinlaşdi. 

Qayd etilişiça, Xorazm viloyati, Qoraqalpoğiston, Buxoro, Navoiy, Qaşqadaryo, Samarqand viloyatlari ayrim tumanlarida iyun oyi uçun maksimal havo harorati böyiça yangi rekordlar örnatildi.

30 iyunda respublika hududi katta qismida harorat biroz pasayişi boşlandi va u 1 iyul kunida ham davom etadi. 2-3 iyul kunlari hudud katta qismida harorat yana 40-41 daraja issiqqaça kötariladi. Janub eng çekka qismida uşbu kunlarda harorat 42-45 daraja issiq oraliğida böladi.

Ma’lum qilinişiça, keyingi kunlarda nisbatan salqin havo kutilmoqda. 3 iyulda şimoliy hududlarda, 4-5 iyul kunlari Özbekiston barça hududlari böyiça havo harorati yoz fasli uçun 30-33 daraja issiq bölgan qulay qiymatlargaça pasayadi, söng bir neça kun davomida 34-37 daraja issiq, janubda 38-40 daraja issiq atrofida saqlanib turadi.

Iyul oyi ikkinçi va uçinçi ön kunliklarida harorat asosan 35-38 daraja issiq atrofida bölişi, ayrim kunlari ba’zi joylarda 40-42 daraja issiqqaça kötarilişi kutilmoqda.

Iyul oyida yomğir yoğiş ehtimoli kam, faqat toğoldi va toğli hududlarda ba’zi joylarda 2-4 kun qisqa muddatli momaqaldiroqli yomğir yoğişi mumkin.