BMT AQŞni Erondan sanksiyalarni olib taşlaşga çaqiradi, dedi BMT boş kotibining siyosiy masalalar böyiça örinbosari Rozmari DiKarlo.
"Biz yana bir bor Qöşma Ştatlarni yadroviy kelişuvda közda tutilganidek, sanksiyalarni bekor qilişga yoki istisnolar kiritişga çaqiramiz", - dedi DiKarlo.
2015 yilda Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy, Rossiya, AQŞ, Fransiya va Eron yadroviy kelişuv imzolagandi. Kelişuvga köra, Eron yadroviy dasturini çeklaş evaziga unga qarşi kiritilgan sanksiyalar olib taşlanişi lozim edi. 2018 yilda AQŞning öşa paytdagi prezidenti Donald Tramp yadroviy kelişuvdan çiqib ketdi va Eronga qarşi sanksiyalarni tikladi.
Eron bunga javoban kelişuv doirasidagi majburiyatlarini bosqiçma-bosqiç kamaytirib borişini bildirdi.
Ötgan haftada YeIning taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel Eron taşqi işlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon bilan uçraşuvida AQŞ bilan yadroviy kelişuv böyiça muzokaralarni yaqin kunlar içida tiklaş borasida kelişuvga erişganini ma’lum qilgandi.












