Zelenskiyning sözlariga köra, Ukrainaga «Rossiyaning artilleriya qismlari borasidagi ustunligini yöqqa çiqariş» uçun zamonaviy qurollar tizimlari öta zarur.

Hozirgi tranş Britaniya Ukrainaga körsatgan harbiy yordami hajmini amalda ikki barobarga oşiradi. Bungaça London Ukrainaga jami 1,3 mlrd funt sterling miqdoridagi qurol-yaroğ jönatgandi.

Şuningdek, uruş boşidan buyon Buyuk Britaniya Ukrainaga 1,5 mlrd funt miqdorida gumanitar va iqtisodiy kömak körsatgan.

Bunga qadar Ukrainaga Britaniyadan asosan tankka qarşi raketalar yetkazib berilayotgandi. Bu safar esa, hukumatdagilarning ma’lum qilişiça, gap nisbatan oğirroq qurollar haqida ketmoqda.

Mudofaadagi transformatsiya

Yangi harbiy tranş haqida e’lon qilarkan, britan hukumati bu Ukrainaga nafaqat mardonavor himoyalaniş, balki Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarni qaytarib oliş uçun ham yordam berişdagi ilk qadam ekanini qayd etgan.

Ammo bunday yordam yetarli böladimi, degan savol oçiq qolmoqda.

«Rossiya hamon har kuni milliardlarni olmoqda va ularni uruşga sarflamoqda. Bizda bir neça milliard dollarlik defitsit bor, bizda buni yopiş uçun neft va gaz yöq», degan Zelenskiy NATOning Madriddagi sammitida.

Britaniya taşqi işlar vaziri Liz Trassning qayd etişiça, Ukraina nafaqat özi uçun, balki «barçamiz uçun» ham kuraşmoqda.

«Biz Ukrainaga ularga pand bermasligimiz haqida aniq aytdik. Biz ularni uzoq muddatli istiqbolda ham har tomonlama va imkonimiz yetguniça qöllab-quvvatlaşda davom etamiz», deya işonç bilan gapirgan Trass xonim.

Öz navbatida, Boris Jonson «Putinning beşafqatligi Yevropa xavfsizligiga tahdid solişda davom etayotgani»ni aytgan.

«Putin özi xohlagan va umid qilgan narsasiga erişa olmadi, şuning uçun bu uruşning ma’nosizligi barçaga ayon bölib bormoqda, uning ukrain xalqiga hujumlari esa tobora vahşiylaşib bormoqda», degan Jonson.

Britaniya boş vaziri britanlarning harbiy yordami «Ukraina mudofaasidagi vaziyatni transformatsiya qilişi»ga işonç bildirgan.

BBC’ning mudofaa masalalari böyiça muxbiri Jonatan Bilning fikriça, britanlar yordamining vaziyatni özgartiruvçi roli haqidagi bayonot biroz börttirilgan.

Madriddagi sammitda Boris Jonson Britaniya mudofaa uçun xarajatlarni YaIMning 2,5 foizigaça oşirişini ma’lum qildi.
Foto: Getty Images

Buyuk Britaniya çindan ham Ukrainaga birinçilardan bölib harbiy yordam körsatişni boşlagan davlatlardan edi va bunday yordam hajmi borasida AQŞdan keyingi ikkinçi örinda turadi.

Ammo Britaniya ajratayotgan yordam hajmini AQŞning yordami bilan taqqoslab bölmaydi. Yaqinda AQŞ Ukrainaga 40 mlrd dollarlik navbatdagi harbiy yordam paketini ma’qulladi. Buyuk Britaniyaning harbiy yordami hajmi esa, yangi tranş bilan birgalikda 2,5 mlrd dollarni taşkil etadi.

Ança kiçik davlatlar, masalan, Estoniyaning Ukrainani qöllab-quvvatlaşdagi xarajatlari hajmi, mutanosib olganda Britaniyanikidan köproq çiqadi.

Şu bilan birga, Ukraina qurol-yaroğga, masalan, yuzlab baravar öt oçiş reaktiv tizimlariga muhtojligini aytib kelmoqda. AQŞ, Buyuk Britaniya va Germaniya hozirça bunday tizimlardan önga yaqinini jönatişni va’da qilişgan.

«Ukraina qurolli kuçlari hamon ma’lum darajada sovetlar davriga mansub eskirgan qurollarga qaram bölib qolmoqda, Ğarb qurollari yetkazilişi esa asta va bosqiçma-bosqiç amalga oşirilmoqda. Britaniya ham qurollarning bir qismini uçinçi davlatlardan sotib olib yuborişiga töğri kelmoqda, bu özidagi qurollar kam qolayotganidan dalolat», deya qayd etgan Jonatan Bil.

Buyuk Britaniya har 120 kunda 10 minggaça ukrain harbiylarini tayyorlaşga tayyorligini bildirgan. Foto: Getty Images

Britaniya Ukrainaga qanday qurollar yetkazib beradi?

Britaniya hukumatida ta’kidlanişiça, britaniyaliklarning yangi yordami «murakkab havo hujumidan mudofaa tizimlari», dronlar, radioelektron kuraş vositalari va «minglab hayotiy zarur jihozlar» uçun tölov qilişga yönaltiriladi.

Iyun oyi boşida Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles yuqori aniqlikdagi M31A1 snaryadlari bilan M270 baravar öt oçiş reatik tizimlari jönatilişini tasdiqlagandi. Ukrain harbiylari bunday qurollardan foydalanişni örganiş uçun Britaniyada öqitilmoqda.

Hukumat bunday tizimlardan qança yuborilişiga aniqlik kiritmagan, ammo BBC ma’lumotiga köra, dastlabki partiyada uç dona M270 böladi.

Bundan taşqari, Britaniya Ukrainaga 5 ming dona sönggi avloddagi tankka qarşi yengil qurollar - NLAW raketa tizimlarini jönatadi. Ukrain harbiylarini bunday qurollardan foydalanişga örgatişga nisbatan qisqa vaqt ketadi, bu esa uruş şaroitida Ukraina qurolli kuçlari uçun muhimdir.