O‘zbekiston | 16:51 / 08.07.2022
5408
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zgidromet» dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishi kutilayotganini ma’lum qildi

«O‘zgidromet» dam olish kunlarida O‘zbekistonda qulay harorat bo‘lishini prognoz qildi.

Qayd etilishicha, 9 iyul kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kunduzi 30–35 darajani tashkil etadi, bu iqlimiy qiymatlardan biroz pastdir.

Qurbon hayitini nishonlash kunlarida respublikaning barcha hududlari bo‘yicha kam bulutli ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarida shamol 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Harorat foni qulay bo‘lib, kechasi 17–22 daraja, kunduzi 9 iyulda 30–35 daraja, 10–12 iyulda 32–37 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Farg‘ona viloyatining ayrim tog‘li hududlarida 9–10 iyul kunlari qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Mavzuga oid