Toşkent şahrida atmosfera inversiyasi yana 10 kun davom etişi mumkin. Bu esa havo ifloslanişi kuçayişiga olib keladi, deya ogohlantirmoqda Özgidromet.
«Çang va ifloslantiruvçi moddalar havoga doimiy ravişda çiqib turibdi. Agar şamol esmasa, ularning tarqalib ketişi qiyinlaşadi. Yomğir yoğsa ham havodagi çang zarraçalarini yuvib tuşiradi. Şamol va yomğir bölmagan davrda ifloslantiruvçi moddalar havoda töplanib boradi. Atmosfera inversiyasi esa ularning yuqoriga tarqalişini yanada qiyinlaştiradi», – deyiladi xabarda.
Havo sifatini yaxşilaş uçun bir qator çora-tadbirlar amalga oşirilayotgani qayd etilgan.
Şahardagi avtomobil yöllariga suv sepilişi, issiqxonalarda filtrlar örnatilişi, kökalamzorlaştiriş işlari, quriliş maydonlarida çang kötarilmasligini nazorat qiliş va boşqalar şular jumlasidan.
Şu bilan birga, «atrof-muhitni ifloslantirayotgan issiqxonalar va sanoat korxonalari»ga reydlar uyuştirilmoqda.

















