Telegram-kanallarda tarqalgan videodagi holat Qaşqadaryo viloyatida röy bergani aytilmoqda. Hodisa guvohlari tomonidan olingan kadrlarda Nexia-2 rusumli avtomaşinaning old örindiğida inspektor haydovçini kuç bilan böğayotgani, maşinadan çiqiş asnosida uning yuziga tirsagi bilan zarba berganini köriş mumkin.

Voqea joyida töplangan odamlar YPX xodimini tartibga çaqirişganidan söng u maşinadan tuşadi. Şundagina inspektor haydovçining ustiga çiqib olgani ma’lum böladi.

Videoda haydovçi maşinani öt oldirmoqçi bölganida YPX xodimi yana unga taşlangani, biroq olomon uni maşinadan tortib tuşirgani ham aks etgan. Şundan söng haydovçi voqea joyini tark etgan.

Viloyat IIB axborot xizmati uşbu hodisa 7 iyul kuni Kökdala tuman hududidan ötuvçi “Yakkaboğ-Şörbozor” avtomobil yölining 69– kilometrida röy berganini ma’lum qildi.

Qayd etilişiça, YPX inspektori “Nexia-2” rusumli transport vositasini töxtatganda haydovçi maşina hujjatlarsiz boşqarib kelayotganini aniqlagan. Rasmiy xabarda huquqbuzarlik holati tegişli tartibda rasmiylaştirilgaç, maşinani jarima maydoniga olib boriş zarurati tuğilganda, haydovçi YPX inspektori talablariga böysunmagani ta’kidlanadi.

Haydovçiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 194-moddasiga (Içki işlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilib, uning boşqaruvida bölgan avtomaşina jarima maydoniga joylaştirilgan.

Viloyat IIB xabarida YPX inspektorining harakatlariga huquqiy baho beriş maqsadida unga nisbatan xizmat tekşiruvi tayinlangani aytilgan.

Eslatib ötamiz, Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 25 maydagi 149-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga köra, transport vositasini jarima maydoniga olib boriş, joylaştiriş va saqlaş hokimliklar tomonidan tanlab olinadigan yuridik şaxslar tomonidan amalga oşiriladi.

Şu bilan birga, nizomga asosan, transport vositasini uşlagan davlat organining vakolatli xodimi öz vakolatlari doirasida haydovçini transport vositasini boşqarişdan çetlatiş yuzasidan zarur xatti-harakatlarni amalga oşirişi belgilangan. Mazkur çoralar nimalardan iborat bölişi nizomda aniq belgilanmagan.

Transport vositasini jarima maydoniga olib keliş va saqlaş xarajatlarini transport vositasi haydovçisi, egasi yoki egasining vakili tölaydi. Xarajatlar uçun haq miqdori xizmat körsatuvçi yuridik şaxs tomonidan belgilanadi.

Avvalroq Namanganda jarima maydoniga maşinasini özi haydab ketmoqçi bölgan haydovçiga nisbatan YPX inspektori O.Turğunov elektroşoker qöllagandi. Kun.uz'ning IIVdagi manbasi xizmatga oid tegişli buyruqda YPX xodimi uşbu holatda elektroşoker qöllaşga haqli bölmagani, u faqat faol qarşilik paytida qöllanişi mumkinligi belgilanganini ma’lum qilgan bölsa-da, qonunbuzar inspektor O.Turğunovga nisbatan heç qanday çora körilmagandi.