Içki işlar organlarining asosiy vazifalari fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini hamda qonun ustuvorligini ta’minlaşdan iborat. Prokuratura organlari esa respublika hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilişi ustidan nazoratni amalga oşiradi. Uşbu maqolada mustaqil Özbekistonning ikki viloyatida bölib ötgan deyarli bir hil holatni yodga olamiz va tahlil qilamiz.
Namangan, 2022 yil mart
Viloyat YHXB xodimi haydovçining avtomobilini majburiy ravişda jarima maydonçasiga olib borişga urindi. Bu jarayonda uning talabini ixtiyoriy bajarmagan haydovçining tanasiga bir neça marta elektroşoker moslamasi qölladi. Holbuki haydovçi inspektorga qarşilik körsatmagan edi, şunçaki maşinasini jarima maydonigaça özi haydab borişini aytgandi xolos. Biroq bu taklif inspektorga yoqmaydi.

Avtomaşina vaqtinçalik jarima maydoniga joylaştirilib, haydovçiga nisbatan xodimning qonuniy talabiga böysunmaganligi uçun MJtKning 194-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirildi deya rasmiy bayonot ham berildi. Ammo nimagadir, köp ötmay viloyat YHXB tomonidan berilgan bu videobayonot öçirib taşlandi.
Oradan qariyb 3 oy vaqt ötdi. Şu böyi bu hodisani hamma esdan çiqardi. Rasmiy munosabatda elektroşoker yöllagan xodimga nisbatan xizmat tekşiruvi tayinlangani aytilgandi. Ötgan vaqt içida na xizmat tekşiruvi natijasi oçiqlandi va na qonunbuzar inspektorga çora körildi. Örtada oddiy bir fuqaroning jarimaga tortilgani qoldi.
Içki işlar idoralarida xizmat qiluvçi bir biridan mustaqil ikki manbaning Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, namanganlik bu “elektroşoker ustasi”ga nisbatan na xizmat tekşiruvi tayinlangan, na nomiga bölsa ham intizomiy jazo berilgan. U hozir ham içki işlar tizimida xizmatini davom ettirmoqda.
Samarqand, 2022 yil may
Markaziy Osiyoning turizm markazi deya ta’riflanadigan Samarqandda tungi reydni amalga oşirayotgan post-patrul xizmati xodimlari özlari bilibmi yo bilmay, xorijlik sayyohlar guruhini “otdel”ga olib borişga harakat qilib körişdi.













