Xususiy notarial faoliyatni boşlaş uçun malaka imtihonini topşiriş böyiça ariza my.gov.uz orqali beriladi.

Hukumat qarori bilan xususiy notarial faoliyat böyiça malaka imtihonini taşkil etiş yuzasidan davlat xizmatini körsatişning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

"Huquqiy axborot" kanalida yozilişiça, reglament malaka imtihonida iştirok etiş uçun murojaat qiliş va imtihonni taşkil etiş böyiça davlat xizmatini körsatiş tartibini belgilaydi. Davlat xizmati Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali komissiya tomonidan körsatiladi.

Talabgor 25 yoşdan kiçik va 65 yoşdan katta bölmasligi, oliy yuridik ma’lumotga, yuridik mutaxassislik böyiça kamida 3 yillik iş stajiga ega bölişi, şu jumladan notarial idorada kamida 1 yil stajirovka ötagan bölişi şart.

Sudyalik lavozimida kamida 5 yil işlagan yoki notarius yordamçisi yoxud adliya organlari notarial faoliyatga rahbarlik qiliş va uşbu faoliyatni nazorat qiliş bilan boğliq lavozimlarida kamida 3 yil işlagan şaxslar stajirovkadan ötmasdan malaka imtihonida iştirok etişga haqli.

Suriştiruvçi, tergovçi, prokuror, adliya organlarining boşqaruv xodimi (notarial faoliyatga rahbarlik qiliş va uşbu faoliyatni nazorat qiliş bilan boğliq bölmagan) yoki advokat sifatida kamida 3 yil işlagan, biroq vakolati tugatilgan vaqtdan boşlab 5 yil ötmagan şaxslar 6 oy stajirovka ötaydi.

Quyidagilar notarius bölişi mumkin emas:

  • muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati çeklangan deb topilgan şaxs;
  • qasddan sodir etgan jinoyati uçun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlangani olib taşlanmagan şaxs;
  • notarius, advokat, tergovçi, suriştiruvçi, prokuror, sudya yoki huquqni muhofaza qiluvçi organlar boşqa xodimi sifatidagi vakolatlari öz kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmişlar sodir etgani uçun tugatilgan şaxs – 3 yil mobaynida.

Davlat xizmatini körsatiş uçun 150 ming söm miqdorida yiğim undiriladi. Komissiya 20 iş kuni içida sörovnomada körsatilgan ma’lumotlarni örganib çiqadi. Malaka imtihoni talabgor malaka imtihonida iştirok etişi maqsadga muvofiq deb topilgan xulosa tasdiqlangan kundan boşlab 5 kundan söng, lekin 15 kundan keçiktirmay ötkaziladi.