Kun.uz'ga oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bitiruvçilari tomonidan kelib tuşgan murojaatlarga köra, oliygohlar ma’muriyatlari bitiruvçilardan “agar diplom kerak bölsa” aylanma varaqani töldirişni talab qilmoqda.

Bunda bitiruvçi xonadan xonaga yugurib, marketing-u yotoqxonadan qarzi yöqligini isbotlaydigan imzolarni yiğişi kerak.

Vaholanki, 2021 yilda prezident farmoni bilan bitiruvçilardan aylanma varaqani talab qiliş bekor qilingan, bu jarayonni elektronlaştirişga topşiriq berilgan.

“Yo aylanma varaqa töldir, yoki diplom yöq”

Aylanma varaqa – bu talaba OTMni bitirganidan keyin marketing bölimi (kontrakt böyiça qarzi yöqligi haqida), kutubxona (kitoblar böyiça qarzi yöqligi haqida), öquv bölimi (akademik qarzdor emasligi haqida) va talabalar turar joyidan olinadigan imzolar yiğindisi.

Ya’ni OTM ma’muriyati bitiruvçining qöliga bir parça qoğozni tutqazadi va u xonadan xonaga yugurib, har bir bölimdan qarzdor emasligini körsatuvçi imzo va muhrlarni yiğişi kerak.

Kun.uz'ga murojaat qilgan bir neçta OTM bitiruvçilari bu ovoragarçilik va byurokratiyadan şikoyat qilmoqda.

Masalan, Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetining magistratura bitiruvçilariga “Universitet bilan hisob-kitob” varaqasi berilgan.

“Ayniqsa, kutubxonadan qarzingiz bölmasa ham, böyningizga qarz ilib qöyişadi. Çunki yöqolgan kitoblarning örnini kimdir töldirişi kerak-ku. Bitiruvçi esa mute, diplom olişi kerak”, – deydi şaxsini oşkor qilmaslik şarti bilan bir bitiruvçi. U bitirayotgan OTM nomini aytsa, öziga muammo bölişi mumkinligi, çunki bunday varaqa hozirça sanoqli bitiruvçilarga berilganini aytmoqda.

Telegram'dagi “Masofaviy ta’lim” kanali mualliflari ham xuddi şu holatga duç kelgan va mavzuga e’tibor qaratgan.

“Agar siz oliy ta’lim muassasasini tamomlagan bölsangiz, rasmdagi (aylanma varaqa)ni töldirib kelişingiz kerak. Bittasiga borsangiz, avval boşqa uçtasi tasdiqlaşi kerakligini aytadi. Öşa uçtadan bittasiga borsangiz, hali işga kelmagan böladi.

Ilmiy kutubxonani topib borsangiz, avval fakultet kutubxonasi tasdiqlagan bölişi kerakligini aytadi. Marketingni topib borsangiz, boşqa joyga köçib ketgan böladi. “HEMIS”ga borsangiz, eng oxiri ularga kelişingiz kerakligini tuşuntirişadi.

Eng kulgilisi şuki, agar siz umuman yotoqxonada yaşamay, öz uyingizda yaşagan bölsangiz ham, yotoqxonani topib borib, imzolatişingiz va peçatlatişingiz kerak böladi. Agar buni qilmasangiz, unda diplom ham yöq.

Eng yomoni şuki, bu öntasi ön xil joyda ötiradi. Şu bir parça qoğozni töliq töldiriş uçun sizning kamida 3-4 kun vaqtingiz, har qanday qöpol muomalani kötaradigan asab tolalaringiz va yugur-yugur qilişga bardoşingiz sarf böladi”, – deydi muallif.

Foto: Masofaviy ta’lim Telegram-kanali

Şuningdek, ta’lim mavzusini yoritadigan boşqa Telegram-kanallariga talabalardan aylanma varaqa mojarosi haqida murojaatlar kelgaç, qaysi oliy ta’lim muassasalarida bekor bölgan hujjat talab qilinayotganini aniqlaş uçun sörovnoma ötkazilgan. “Yoşlarni qöllab-quvvatlaş” kanaliga joylangan post izohlariga qarab xulosa qiliş mumkinki, Özbekiston milliy universiteti, Toşkent davlat transport universiteti, Buxoro tibbiyot instituti, Toşkent davlat pedagogika universiteti, Toşkent arxitektura-quriliş instituti ham şunday varaqa töldirişni talab qilgan bölişi mumkin.

Aylanma varaqa töldiriş bekor qilingan – tartib elektronlaştirilgan

Yuqorida aytilganidek, ta’lim muassasalarini tugatganda yoki öqişni bir ta’lim muassasasidan boşqasiga köçirganda aylanma varaqa töldiriş amaliyoti prezidentning 2021 yil 23 martdagi PF-6191-sonli farmoni bilan bekor qilingan.

Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi joriy yilning mart oyida aylanma varaqa töldiriş amaliyoti raqamlaştirilgani va “HEMIS” axborot tizimi orqali amalga oşirilişini ma’lum qilgan.

Vazirlik buning tartibini quyidagiça tuşuntirgan:

“Talaba öz profili orqali elektron aylanma varaqasini oliş uçun sörov jönatiş imkoniyatiga ega. Şundan söng oliy ta’lim muassasasidagi buxgalteriya va kadrlar bölimi, fakultet dekanati, axborot resurs markazi hamda yotoqxona mas’ullari tomonidan talabaning elektron aylanma varaqasi şakllantiriladi. Talaba öz profili orqali şakllantirilgan aylanma varaqa va unga kiritilgan izohlar bilan tanişiş imkoniyatiga ega böladi”.

Demak, yangi tartibda aylanma varaqani ibtidoiy usulda bölimlardan qarzi bölsa-bölmasa bittalab imzolatiş emas, balki qaysi bölimdan qanday va qança miqdorda qarzi borligi elektron aks ettirilişi belgilangan. Bu şuni anglatadiki, qarzi bölmagan bitiruvçi uni töldirişiga hojat qolmaydi, qarzi bölganlar esa nimani qanday töğrilaş kerakligini bilib, qarzlarini bartaraf etadi.

Avvalroq, Kun.uz Samarqand davlat arxitektura-quriliş instituti bitiruvçisi homilador bölişiga qaramay “obxodnoy” töldiriş uçun sarson bölişga majbur bölgani haqida yozgandi.

Holat yuzasidan Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi “aylanma varaqa töldirişni talab qiliş mumkin emasligi”ni ta’kidlab, agar biror-bir OTMda şu kabi holatga duç kelingan taqdirda jamoatçilikdan vazirlikning @eduuzaxborotxizmati_bot orqali murojaat qilişlarini söragandi.

Bayonotda vazirlik qilingan murojaatlarni zudlik bilan örganib çiqib, holat yuzasidan zarur çoralarni körişi ma’lum qilingan edi.

Madina Oçilova tayyorladi.