Bu haqda 11 iyul kuni Özbekiston taşqi işlar vaziri v.b. Vladimir Norov tomonidan ma’lum qilindi. 

«Biz bugun bu mamlakatda haqiqiy kuç bölgan «Tolibon» harakatidan delegatsiya kelişini kutmoqdamiz», dedi Norov bir kun avval Moskvada ötkazilgan davra suhbatida. 

Uning ta’kidlaşiça, toliblarning konferensiyada iştirok etişi «biz ularni tan olişimizni anglatmaydi». 

«Biz uşbu konferensiya orqali amaldagi hokimiyatni xabardor qilmoqçimiz... Bu ularning Toşkent yiğilişi doirasida qabul qilgan xalqaro majburiyatlari va u yerda imzolangan kelişuvlarni bajarişini ta’minlaşga qaratilgan», — dedi Norov. 

Taşqi siyosat idorasi rahbari Rossiya, Özbekiston va qöşni davlatlarning pozitsiyalari bir-biriga töğri kelişini aytdi: «Tolibon» harakati öz majburiyatlarini bajarişi, bu mamlakatdagi barça siyosiy, etnik va diniy guruhlarni öz içiga olgan inklyuziv hukumat yaratişi kerak. 

25-26 iyul kunlari Toşkentda Afğoniston böyiça xalqaro konferensiya bölib ötadi, unda 20 dan ortiq davlat delegatsiyasi iştirok etadi.