Özbekistonga qaytuvçi ziyoratçilar öz parvozlarini Jidda şahridan Özbekistonning 7 ta hududi – Toşkent, Namangan, Samarqand, Buxoro, Qarşi, Urganç va Nukusda joylaşgan xalqaro aeroportlarga amalga oşiradi. 

Qayd etilişiça, unda jami 12 mingdan ziyod yölovçi taşiş reja qilingan. 

“Haj – 2022” tadbirining uzluksiz va tartibli ötkazilişida “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyatidan jami 70 ga yaqin malakali uçuvçi va 260 ga yaqin bortkuzatuvçisi jalb etilgan. 

Uşbu yönalişdagi aviaqatnovlar Boeing-767 havo kemalarida amalga oşiriladi. Ziyoratçilarga havo sahnida turli taom va içimliklar taklif etiladi.