Majlisda Konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasining muddatini 1 avgustgaça uzaytiriş töğrisida qaror qabul qilindi.

Qonun loyihasida taklif etilayotgan özgartiş va qöşimçalar Özbekiston konstitutsiyasi oltmişdan ortiq moddasini qamrab oladi. Unda inson qadrini uluğlaş, aholi farovonligini ta’minlaş, iqtisodiyotni barqaror rivojlantiriş kabi köplab normalar belgilanmoqda. 

Davlat qulay işbilarmonlik va investitsiya muhitini, tadbirkorlik rivojlanişi uçun şart-şaroitlarni ta’minlaş, halol raqobat himoya qilinişini, iqtisodiy faoliyatda monopollaştirişga yöl qöyilmasligini kafolatlaş, tadbirkorlar qonunçilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oşirişga, tadbirkorlikdan çeklanmagan miqdorda daromad olişga haqligi belgilab qöyilmoqda.

Konstitutsiyaviy qonun loyihasida davlat hokimiyati asoslarini yanada takomillaştirişga, parlament vakolatlarini kuçaytirişga, fuqarolar qonunçilik jarayonidagi faol iştirokini ta’minlaşga qaratilgan normalar aks etmoqda.