Qayd etilişiça, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 iyulda qabul qilingan 387-son qaroriga köra, gaz quyiş şoxobçalari uçun mahsulotlarni sotiş narxlari oşmagan va bir xil darajada saqlanib qolgan. Uşbu qaror bilan VMning 2022 yil 30 iyundagi 348-sonli qarori bekor qilingan.

«Şu munosabat bilan, AGTKŞlarida avtotransport vositalariga yonilği quyiş uçun işlatiladigan metan narxini oşirişning obektiv sabablari yöq», deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib ötilişiça, Energetika vazirligi va boşqa davlat taşkilotlari AGTKŞlarning narx siyosatiga ta’sir körsatiş imkoniyatiga ega emas.

«Çunki AGTKŞlar bozor şaroitida faoliyat yuritadi va talab va taklifga qarab narxlarni özlari şakllantiradi», deya yakunlangan Energetika vazirligi matbuot xizmati ma’lumoti.