G20 moliya vazirlarining Balidagi uçraşuvi, aftidan, yakuniy kommyunikesiz yakunlanadi, bunga sabab iştirokçilarning Rossiya Ukrainada olib borayotgan uruşini, şuningdek, uşbu tajovuz oqibatlarini baholaşdagi kelişmovçiligi bölgan. Bu haqda 16 iyul, şanba kuni Reuters agentligi Moliya vazirliklari rahbarlarining uçraşuvi bilan taniş bölgan ismi oşkor etilmagan ikki suhbatdoşiga tayanib xabar berdi. Indoneziya moliya vaziri Şri Mulyani Indravati bu ikki kunlik sammitni alohida bayonot bilan yakunlaşi kutilmoqda.
«G20 a’zolaridan biri töliq javobgarlikni öz zimmasiga olişi kerak bölgan Ukrainadagi uruş «Yigirmatalik guruh»ning harakat va muzokaralar olib boriş qobiliyatiga jiddiy zarar yetkazdi», — deyiladi Fransiya Moliya vazirligi bayonotida. Şu bilan birga, Reuters agentligiga köra, rivojlanayotgan yetakçi iqtisodiyotlar – Xitoy, Hindiston va JAR vakillari Rossiyaning Ukrainadagi harakatlarini baholaşda ança vazmin pozitsiyani egallayapti. Bir kun avval AQŞ moliya vaziri Janet Yyellen va uning kanadalik hamkasbi Xristya Friland Ukrainadagi uruşni ayni damda jahon iqtisodiyoti uçun eng katta tahdid deb atadi. Friland özining Twitter mikroblogida Rossiya vakillarining Balida bölişini «öt öçiruvçilar yiğilişida öt qöyuvçining iştiroki» bilan soliştirdi.
Reuters xabariga köra, Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov sammitda virtual iştirok etgan, uning vakili majlislar zalida bölgan. Muzokaralar çoğida sammit iştirokçilari past rivojlangan mamlakatlarning qarzlarini yengillaştiriş, jahon iqtisodiyotini bölajak pandemiyalarga tayyorlaş, inflatsiyaga qarşi kuraşiş kabi mavzularni muhokama qildi.












