Janubiy Afrikadagi G20 sammitida Xitoyga Si Jinping emas, balki boş vazir Li Tsyan vakillik qiladi. Bu haqda 13 noyabr kuni Xitoy Taşqi işlar vazirligi xabar berdi.

«Janubiy Afrika hukumati taklifiga binoan XXR davlat kengaşi boş vaziri Li Tsyan 21-23 noyabr kunlari Yohannesburgda bölib ötadigan «Yigirmatalik guruhi»ning 20-sammitida iştirok etadi», deyiladi vazirlik saytidagi xabarda.

Li Tsyan 2023 yilda Nyu-Dehlida bölib ötgan G20 sammitida ham Xitoy nomidan iştirok etgan. Şu bilan birga, bölajak sammitda 2008 yildan beri birinçi marta uçta eng yirik iştirokçi davlat - AQŞ, Xitoy va Rossiya rahbarlari iştirok etmaydi. Avvalroq AQŞ va Rossiya prezidentlari - Donald Tramp va Vladimir Putin safarni rad etgan edi. Birinçisi mezbon davlat «juda yomon siyosat» olib borayotgani tufayli öz mamlakati G20 sammitida umuman iştirok etmasligini aytgan.

May oyida JAR prezidenti Siril Ramafosaning Oq uyga taşrifi çoğida Amerika yetakçisi davlat hokimiyatini göyoki u yerda oq tanli fermerlar ommaviy ravişda öldirilayotganlikda aybladi.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov oktabr oyi oxirida Vladimir Putin G20 sammitida «şaxsan iştirok etmasligini», biroq mamlakat «munosib darajada taqdim etilişini» aytdi.