Norvegiya poytaxti Osloda 6-16 iyul kunlari ötkazilgan 63-Xalqaro matematika olimpiadasida özbekistonliklar 106 ta davlat orasida 50-natijani qayd etdi.
Armaniston davlatida ötkazilgan 33-Xalqaro biologiya olimpiadasida Toşkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi öquvçisi Aziza Abduvaliyeva bronza medalini qölga kiritdi.

Belgilangan tartibga köra, bronza medali sohiblari oliy ta’lim muassasasiga test sinovlarisiz, davlat granti asosida qabul qilinadi.
Bronza medali uçun öquvçi 60 mln söm, uning öqituvçisi esa 45 mln söm pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Xalqaro matematika olimpiadasida har bir davlatdan olti nafargaça öquvçi iştirok etadi. Bu yil jami iştirokçilar soni 600 nafarni taşkil etdi. Iştirokçilarning umumiy ballari asosida mamlakatning natijasi e’lon qilinadi.

Osloda XXRning 6 nafar iştirokçisi 6 ta oltin medalni qölga kiritişdi va mutlaq ustunlik bilan umumjamoa hisobida (252 ball) birinçi örinni egalladi. Xitoyliklar bundan oldingi uçta olimpiadada ham birinçi bölişgan.
Ikkinçi örindagi Janubiy Koreya 3 tadan oltin va kumuş (208 ball), AQŞ öquvçilari 4 ta oltin, 1 tadan kumuş va bronza medallariga (207 ball) sazovor böldi.
Vetnam (2 ta oltin, 2 ta kumuş, 2 ta bronza), Ruminiya (2-4-0), Tayland (3-2-1), Germaniya (1-4-1), Eron (3-3-0), Yaponiya (1-4-1), Isroil (1-4-1) jamoalari keyingi örinlarni band etdi.

Jadvalga nazar solinsa, Germaniya, Yaponiya, Isroilning natijalari bir xil bölsa ham, ularning egallab turgan örinlari har xil ekanini köriş mumkin. Buning sababi iştirokçilarning masalani turli darajada yeçgani bilan boğliq. Özbekistondagi test sinovlaridan farqli ölaroq, Xalqaro matematika olimpiadasida iştirokçilarga masalani töliq yeçmagan bölsa ham ball beriladi. Bundan öquvçilarning masalani neça foiz yeçgani inobatga olinadi. Şunga köra, garçi bir xil medal olişgan bölsa ham, nemislar 192, yaponlar 191, isroilliklar 188 ball olişgan.









