Rossiyalik milliarder Roman Abramoviç Yevropa umumiy yurisdiksiya sudiga da’vo arizasida Yevropa ittifoqidan unga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni bekor qilişni va xayriya jamğarmasiga 1 million dollar ötkazişni talab qildi. Bu haqda The Wall Street Journal naşri xabar berdi.

Abramoviçning ta’kidlaşiça, joriy etilgan sanksiyalar uning Yevropa ittifoqi tomonidan kafolatlangan asosiy huquqlarini buzadi, çunki u Portugaliya fuqaroligiga ega. Milliarder Yevropa ittifoqidan «Çelsi» futbol klubini 4 milliard funt sterling (taxminan 5 milliard yevro)ga sotişdan tuşgan mablağlarni oliş uçun özi ta’sis etgan xayriya jamğarmasiga bir million dollardan ortiq tovon puli tölaşni talab qilmoqda. 

Sotuvdan keyin Abramoviç bitimdan tuşgan sof daromad (2,5 milliard funt sterling yoki taxminan 3 milliard yevro) xayriya va «uruş qurbonlari»ga yordam beriş uçun yönaltirilişini ma’lum qildi. U BMT va yirik global xayriya taşkilotlarining yuqori martabali vakillariga xayriya fondini taşkil etiş va uning faoliyati rejasini işlab çiqişni topşirdi.

Rossiyalik milliarderlar, «Alfa-Bank» asosçilaridan biri Mixail Fridman va Petr Aven sanksiyalar qöllanilganidan söng darhol ularga sud orqali e’tiroz bildirişlarini ma’lum qilişdi. Ular çeklovlar uçun asoslarni «yolğon» deb ataşgan. Ikkala biznesmenni ham bir xil advokatlar himoya qilgan. Milliarderlar YeIning ular iqtisodiyotning «Rossiya Federatsiyasi hukumati uçun muhim daromad manbasini ta’minlovçi» tarmoqlarida iştirok etişi haqidagi da’vosiga e’tiroz bildirmoqda, deb yozadi WSJ.

Yana bir milliarder Alişer Usmonov Yevropa ittifoqining da’volariga qarşi çiqmoqda va sud xarajatlari uçun 20 ming dollar talab qilmoqda. Usmonov sud jarayonini tezlaştirişni istayapti va sanksiyalar oqibatlari bir neçta biznes bitimlarini izdan çiqarganini va uning uçta kompaniyasining bankrot bölişi xavfini tuğdirayotganini tuşuntirdi. Ötgan oy sud uning arizasini rad etdi, deb yozadi WSJ.