«Termiz xalqaro savdo markazi» sotuvi boşlandi. Özbekiston Respublikasi prezidentining PF-6109-sonli «Surxondaryo viloyati va Toşkent şahrida maxsus iqtisodiy va kiçik sanoat zonalari faoliyatini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari» töğrisidagi farmoniga asosan «Termiz xalqaro savdo markazi» faoliyati taşkil etildi va rivojlantiriş dasturi tasdiqlangan.
«Termiz xalqaro savdo markazi» — öz yönalişi böyiça Özbekistondagi unikal loyiha bölib Özbekiston va Afğoniston Islom Respublikasi çegara hududida joylaşgan.
Vazirlar mahkamasining 2021 yil 1 iyuldagi 409-son qaroriga asosan Afğoniston Islom Respublikasi fuqarolari va uşbu davlat hududidan kiruvçi boşqa çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar Özbekiston Respublikasiga kiriş vizasini rasmiylaştirmasdan 10 kun davomida markaz hududiga kirişi, hududda bölişi va undan çiqişi mumkin.

Markaz faoliyati dastlabki bosqiç, bir çorak davrida ötkaziş qobiliyati 1 milliondan ortiq Özbekiston va çet eldan taşrif buyuradiganlarni taşkil etişi kutilmoqda. Hozirda loyiha qurib bitkaziliş jarayonida bölib, 2023 yilning 1-çoragida işga tuşişi möljallanmoqda.
Markaz hududi umumiy 26 gektar maydonda joylaşgan bölib, 3,000dan ortiq çakana va ulgurji savdoga moslaşgan dökonlar, işlab çiqariş maydonlari, quruq va muzlatkiçli omborxonalar, mehmonxona va hostel, logistika markazi, restoran va ovqatlaniş zonalarini öz içiga oladi.

Çakana va ulgurji savdo hamda eksport va import bilan şuğullanuvçi mahalliy va xorijlik tadbirkorlar markaz hududida joylaşgan törtta savdo pavilonlarida barça yönalişlar böyiça dökonlarni xarid qilişlari mumkin.

Markaz hududida çakana va ulgurji savdo operatsiyalarini amalga oşiriş huquqi berilgan bölib «Erkin bojxona zonasi» rejimi amal qiladi. Markaz hududidan har qanday tovarlar olib ötiş mumkin, tovarlar Markaz hududiga bojxona tölovlari tölamasdan va iqtisodiy siyosat çoralari qöllanmasdan olib kiriladi.
Bundan taşqari, «Termiz xalqaro savdo markazi»da tadbirkorlar:









