«Yaşil tölqin» tizimida svetoforlar özaro muvofiqlaştiriladi. Ruxsat etilgan tezlikda harakatlanayotgan haydovçilar navbatdagi çorrahalardan ham yaşil çiroqda ötiş imkoniga ega böladi. Bu yöldagi töxtaşlar sonini kamaytiradi.
Tizim kun davomida transport oqimining asosiy yönalişiga qarab ikki rejimda işlaydi:
07:00–17:00 - markaz tomon harakatlanayotgan transport uçun;
17:00–24:00 - markazdan çiqiş yönalişidagi transport uçun.
Biroq «yaşil tölqin» barça çorrahalardan töxtamasdan ötişni kafolatlamaydi. Svetoforlar piyodalar va kesişuvçi köçalardagi avtomobillar uçun ham vaqt ajratadi. Şu sababli haydovçi ayrim çorrahalarda qizil çiroqqa töxtaşi mumkin.
Tölqinga mos harakatlaniş uçun tezlikni oşiriş talab etilmaydi. Aksinça, belgilangan tezlikdan oşiş keyingi svetoforning qizil çiroğiga ertaroq yetib borişga olib kelişi mumkin.
Töxtaş va qayta tezlaşişlarning kamayişi yoqilği sarfi hamda havoga çiqariladigan zararli gazlarni kamaytirişga ham xizmat qiladi.
Qayd etilişiça, vaqt tejalişiga oid raqamlar tizimning samarasini baholaş uçun tiğiz bölmagan paytda ölçangan. Transport oqimi köpaygan soatlarda esa yölga ketadigan vaqt harakat jadalligi va amaldagi yöl vaziyatiga qarab farq qilişi mumkin.












