Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) Saudiya Arabistonida ötkazilişi rejalaştirilgan 2027-yilgi Osiyo kubogi muddati özgartirilgani haqida eʼlon qildi.

Unga köra, turnir 2027-yil 23-dekabrda boşlanib, final 21-yanvar kuniga belgilangan. Bungaça turnir 2027-yil 7-yanvardan 5-fevralgaça ötkazilişi rejalaştirilgandi.

Şu tariqa, qitʼa çempionati boşlanişi 350 kunga, yaʼni qariyb bir yilga keçiktirilmoqda.

Bu qaror OFK, taşkiliy qömita va Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi iştirokidagi keng qamrovli muhokamalardan söng qabul qilingan.

Turnir boşlaniş sanasi özgarişiga Yaqin Şarqdagi keskin harbiy-siyosiy vaziyat sabab böldi. Sönggi oylarda Yamandagi husiyçilar Saudiya Arabistoni hududiga raketalar va dronlar bilan zarbalar berib kelmoqda. Bu esa xavfsizlik bilan boğliq jiddiy xavotirlarni keltirib çiqargandi.

Xususan, oktabr oyida Ar-Riyoddagi xalqaro aeroportga qilingan hujumlardan birida 12 kişi halok bölib, 300 dan ortiq kişi jarohatlangandi.

OFK va turnir taşkilotçilari mintaqadagi «favqulodda vaziyat, jiddiy logistik murakkabliklar hamda transport qatnovlaridagi uzilişlar»ni taqvim özgarişining asosiy omillari sifatida körsatgan.

Bundan avvalroq OFK prezidenti Şayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa ham xavfsizlik bilan boğliq vaziyat yomonlaşadigan bölsa, turnir 2028-yilga qoldirilişi mumkinligini maʼlum qilgandi.

Maʼlumot uçun, Osiyo kubogiga yöllanma olgan 24 ta milliy jamoa orasida Özbekiston ham bor. Fabio Kannavaro şogirdlari guruh bosqiçida Iordaniya, KXDR va Bahraynga qarşi öynaydi.

Öyinlar ötkaziladigan şaharlar va stadionlar özgarişi haqida hozirça heç qanday maʼlumot berilmagan. Yangi taqvimga köra, Özbekistonning guruh bosqiçidagi öyinlari endi 2027-yil 24-dekabr (Iordaniyaga qarşi Jidda şahrida), 28-dekabr (Şimoliy Koreyaga qarşi Riyod şahrida) va 2028-yil 2-yanvar kunlari (Bahraynga qarşi Jidda şahrida) bölib ötadi.