24 may kuni Amerikaning Yuvalde şahrida katta sinf öquvçisi tomonidan boşlanğiç maktabga uyuştirilgan qurolli hujumda 19 bola va ikki nafar öqituvçi halok bölgandi. Huquq-tartibot idoralarining önlab xodimlarining sust va muvofiqlaştirilmagan harakatlari qutqaruv operatsiyasi muvaffaqiyatsiz yakunlanişiga olib keldi. Texas Vakillar palatasining maxsus qömitasi tomonidan tayyorlangan 80 sahifalik hisobotda şular keltirilgan. 

Voqealarni mustaqil tekşiriş uçun tuzilgan qömita a’zolari maktabdagi otişma guvohlari va maxsus operatsiya iştirokçilari bilan 40 dan ortiq suhbat ötkazgan. Xulosada aytilişiça, maktabda otişma sodir bölgan kuni turli kuçişlatar idoralarining 376 nafar a’zosi, jumladan Yuvalde politsiyasi, okrug şerifi, Texas jamoat xavfsizligi departamenti, AQŞ çegara xizmati va Marşal xizmati yordamga kelgan. 

Şu bilan birga, politsiya kamida 73 daqiqa davomida harakatlarni muvofiqlaştira olmagan va qurolli jinoyatçi kirib olgan sinfga hujum boşlamagan. 

Keyinçalik politsiya tomonidan öldirilgan va 18 yoşli Salvador Ramos ekani aniqlangan hujumçi taxminan 142 marta öq uzişga ulgurgan. U AR-15 rusumli miltiq bilan qurollangandi. Hisobotda ta’kidlanganidek, Ramos öqlarning 100 dan ortiğini huquq-tartibot idoralari vakillari maktab binosida paydo bölişidan oldin uzgan. 

Hujjatda keltirilişiça, öşa paytda maktabda bölgan önlab politsiyaçilarning heç biri operatsiyani boşqarişni öz zimmasiga olmagan, «faol otişma» bilan boğliq vaziyatda kutilganidek harakat qilmagan va begunoh qurbonlarni qutqarişni öz xavfsizligidan ustun qöymagan. 

«Biz tizimdagi nuqsonlarni va oçiqdan oçiq notöğri qarorlarni aniqladik», deb yozadi hisobot mualliflari. «Hodisa joyiga kelganlarning barçasi xaos yuz berganini aytdi», deydi qömitaga rahbarlik qilgan Dastin Berrouz. 

Operatsiya iştirokçilarining körsatmalariga köra, ulardan ba’zilari operatsiyani Yuvalde okrugi politsiyasi boşliği Pit Arredondo boşqaryapti deb öylaşgan. Uning özi esa qömitaga «barrikada qurib olgan gumondor» ssenariysi böyiça harakat qilgani, holatga «faol otişma» bilan boğliq vaziyat deb qaramaganini aytgan. 

Masalan, Arredondo jinoyatçi bilan jabrlanganlar birga bölgan sinf xonasining zaxira kalitini izlab «qimmatbaho vaqtni behuda sarflagan». Vaholanki, politsiyaçilarning heç biri eşik haqiqatan ham qulflangan yoki yöqligini tekşirib körmagan. 

Xuddi şu tarzda AQŞ çegara xizmati maxsus kuçlari ham şoşilmagan. Ular kalit topilgunga va öqötmas qalqonlar olib kelingunga qadar kamida 50 daqiqa kutişgan. 

Şu bilan birga, voqea joyidagi ba’zi politsiyaçilar sinfdan 911 qisqa raqamiga yordam sörab qönğiroqlar bölayotganini, qurbonlar borligini bilgan, ammo heç kim hujumni tezlaştirişga harakat qilmagan. 

«Hujum paytida yaralangan va şifoxonaga olib ketilayotganda vafot etganlar haqidagi ma’lumotlarga asoslanib, qurbonlarning ba’zilari yordamni 73 daqiqa kutmaganida, tirik qolişi mumkin edi», deyiladi qömita hisobotida. 

Huquq-tartibot idoralarining xatti-harakatlari kuzatuv kameralaridan olingan videoda qayd etilgan bölib, hisobotdan biroz oldin Texasning Austin American-Statesman naşri tomonidan e’lon qilingan. 

Texas ştati Vakillar palatasi qömitasi a’zolari öz faoliyatidan asosiy maqsad jamoatçilikka, halok bölganlar va jarohat olganlarning yaqinlariga voqea haqida batafsil ma’lumot beriş ekani, ayrim politsiyaçilarni jinoiy javobgarlikka tortiş töğrisidagi qaror esa boşqa mansabdorlar tomonidan qabul qilinişini ta’kidladi. 

Hozirça Pit Arredondo, şuningdek, otişma kuni Yuvalde politsiya boşqarmasi boşliği vazifasini bajargan leytenant Mariano Pargas ma’muriy ta’tilga çiqarilgani ma’lum. Şahar meri Don Maklaflinning xabariga köra, maktabdagi fojia ortidan kamida uç politsiyaçi iste’foga çiqqan. 

Şaharning köplab aholisi, hisobot e’lon qilinişidan oldin ham politsiyaning «qöllari qon» ekanini aytib, «qörqoqlar» javobgarlikka tortilişini talab qilişgan edi, deb yozadi AP.