Birlaşgan Arab Amirliklarining Dubay şahri hokimligi beş yil içida 40 mingta virtual iş örni yaratiş va budjetga 4 mlrd dollar keltirişi möljallangan «Dubay metakoinoti» loyihasi işga tuşirilganini e’lon qildi. 

Amirlik valiahd şahzodasi şayx Hamdon bin Muhammadning ma’lum qilişiça, hozirda Dubayda metakoinot va blokçeyn sohasida mingdan ortiq kompaniya faoliyat körsatmoqda. Ular milliy iqtisodiyotga 500 mln dollar foyda keltirmoqda.

Strategiya beş yil içida Dubaydagi blokçeyn-kompaniyalar sonini beş baravarga köpaytirişga qaratilgan. Hukumat foydalanuvçilar uçun xavfsiz va işonçli platformalarning global standartlarini işlab çiqiş hamda infrastruktura yaratiş ustida iş olib bormoqda. 

Şahardagi yirik kompaniyalar «Dubay metakoinoti»ga qöşilmoqda. Emirates aviakompaniyasi uşbu texnologiyadan foydalanişni kengaytirişini bildirdi, Damac Group developeri raqamli şaharlar quriş rejasini e’lon qildi.

BAA bu yil boy emigrantlar keladigan asosiy nuqta bölişi mumkin, deb prognoz qilmoqda Henley & Partners konsalting firmasi. Ularning taxminiga köra, yil oxiriga qadar Amirliklarga 4 ming nafar millioner köçib ötadi. Bu 2019 yildagiga qaraganda 208 foizga köp (1300 kişi). Henley & Partners taxminiça, Rossiyani bu yil 15 ming millioner tark etadi.