Iyun oyida yillik inflatsiya 12,2 foizni taşkil etdi, bu asosan global inflatsiya jarayonlari, ta’minot va logistikadagi uzilişlar, don sotiş narxlarining liberallaşuvi şaroitida import inflatsiyasi hisobiga yuzaga keldi. Bu haqda Özbekiston Markaziy banki şarhida aytiladi.
«Agar yillik inflatsiya tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari 16,5 foizga ösgan bölsa, nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlar mos ravişda 10,7 va 6,8 foizga qimmatlaşgan. Bu, öz navbatida, asosiy inflatsiyani kamaytiriş uçun oziq-ovqat narxlarini barqarorlaştirişga e’tibor qaratişni talab qiladi», deyiladi xabarda.
Iyun oyidagi sörovlarga köra, aholining keyingi 12 oylik inflyatsion kutilmalari pasayiş tendensiyasini körsatib, 16,4 foizgaça tuşgan (may oyidagi 17,6 foizga nisbatan). Tadbirkorlik sub’yektlarining inflyatsion kutilmalari ham 15,7 foizgaça kamaydi (may oyida 17,3 foiz).
«Iste’mol narxlari özgarişi böyiça haftalik kuzatuvlar şuni körsatadiki, narxlarning haftalik ösiş sur’ati may oyining oxiri va iyun boşlarida eng yuqori çöqqisiga çiqdi va iyul oyining birinçi ikki haftasida barqarorlaşdi», — deya xulosa qiladi Markaziy bank.












