Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenko bu mamlakatni tark etgan fuqarolarni sirtdan sud qiliş imkonini beruvçi qonunni imzoladi. Bu haqda Lukaşenko matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ayblanuvçilar terrorçilik harakatlari, genotsid, yollanma harakatlar, davlatga xiyonat, qöporuvçilik, ekstremistik tuzilma yaratiş yoki unda iştirok etiş töğrisidagi moddalar, şuningdek tartibsizliklar va sanksiyalar qöllaşga çaqiriqlar böyiça sirtdan sudlanişi mumkin.

Bundan taşqari, qonun bilan hukmlar ustidan kassatsiya tartibida apellyatsiya beriş tartibi kiritilmoqda. Şikoyat va protestlar oblastlar hamda Minsk şahar sudlari prezidiumlarida körib çiqiladi. Endilikda, agar Oliy sud birinçi instansiya sudi sifatida işni körib çiqqan bölsa, hukmlar ustidan apellyatsiya şikoyati ham beriş mumkin böladi.

Zerkalo.io portalining ta’kidlaşiça, Belarusda fuqarolar jami 48 ta jinoiy modda böyiça sirtdan sud qilinişi mumkin, ularning ba’zilarida ölim jazosi nazarda tutilgan. Naşrning bildirişiça, Belarusning voyaga yetgan har qanday fuqarosi sirtdan sudlanişi mumkin. 

Yangi qonun qamrab olgan qator moddalarga köra, Belarus muxolifatçilariga nisbatan jinoiy işlar qözğatilgan. Jumladan, muxolifat yetakçisi Svetlana Tixanovskayaga ekstremistik tuzilma yaratiş, davlat hokimiyatini qölga kiritiş maqsadida fitna uyuştiriş va terrorçilik aktiga uriniş moddalari böyiça ayblov e’lon qilingan. Belarus muxolifatining muvofiqlaştiruvçi kengaşi prezidiumi a’zosi Pavel Latuşko ham yangi qonun bilan sudlanişi mumkin.