Litva temiryöllari (LTG Cargo) avvalroq YeI sanksiyalar röyxatiga kiritilgan yuklarning Kaliningrad viloyatiga tranzitini tikladi. Bu haqda 22 iyul, juma kuni LRT Litva milliy radio va televideniyesi efirida LTG Cargo kompaniyasi vakili Mantas Dubauskas ma’lum qildi.
Uning sözlariga köra, xaridorlar allaqaçon xabardor qilingan. Dubauskasning qöşimça qilişiça, bunday yuklarni taşiş uçun kodlar tekşiriladi va nazorat tizimiga kiritiladi.
«Biz tuşuntirişlar oldik», dedi LTG Cargo vakili. Yevrokomissiya 20 iyul kuni vaziyatga oydinlik kiritdi: sanksiya ostidagi yuklarning temiryöl orqali tranzitiga ruxsat berilgan, avtotransportda esa taqiqlanganligiça qolmoqda.
Mintaqa hukumati matbuot xizmati rahbari Dmitriy Liskov, öz navbatida, yaqin kunlarda Kaliningrad oblastiga 60 vagon sement jönatilişini aytdi.
Litvada 11 iyul kuni Yevroittifoqqa sement, spirt va Rossiyada işlab çiqariluvçi boşqa qator tovarlarni olib kirişga taqiq kuçga kirdi. Çeklovlar, şuningdek, yoğoç va sanoat kimyoviy moddalariga ham tegişli.
Litva Taşqi işlar vazirligi Kaliningrad oblasti va RFning boşqa hududlari örtasida quruqlikdagi tranzit töxtatilmagani yoki tösib qöyilmaganini ta’kidladi. «YeI sanksiyalariga taalluqli bölmagan yölovçilar va yuklarning tranziti davom etmoqda. Litva uşbu tranzitga heç qanday bir tomonlama, individual yoki qöşimça çeklovlar kiritmagan», - deyiladi TIV xabarida.
YeI sanksiyalarining törtinçi töplami Rossiyaning Ukrainaga qarşi harbiy tajovuziga javob tariqasida mart oyida kiritilgan edi.












