Prezidentning «Elektron tijorat ma’murçiligini takomillaştiriş va uni yanada rivojlantiriş uçun qulay şaroitlar yaratiş töğrisida»gi qaroriga muvofiq ayrim NHHlarga özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda. 

Ular quyidagi tartiblarni belgilaydi: elektron tijorat platformalari va raqamli ekotizim operatorlari – axborot vositaçilari faoliyatini taşkil etiş tartibi; Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markazi elektron kooperatsiya portalida axborotni joylaştiriş va xaridlarini amalga oşiriş tartibi.

Bunda mahalliylaştiriş darajasining yuqori çegarasini aniqlaş hamda uşbu belgilangan darajaga muvofiqligi töğrisidagi ma’lumotlarning işonçliligini tekşiriş nazarda tutilmoqda.

Bundan taşqari, qöşimça garov joriy etilişi munosabati bilan, şartnoma majburiyatlarini bajarişdan boş tortiş, sun’iy arzon narxlarda takliflar beriş yöli bilan xaridlar uzilişining oldini oliş mexanizmi joriy etilmoqda.

Şuningdek, xarid qiliş tartib-taomillarining tugaş vaqtini faqat iş kunlari va iş soatlarida belgilaş orqali bozorni manipulyatsiya qiliş imkoniyati istisno qilinmoqda.

Şartnoma majburiyatlarining bajarilişi kafolatlarini ta’minlaş tartibini operatorning hisob-kitob kliring palatasida xaridlar iştirokçilarining şaxsiy hisobvaraqlaridagi depozitlarni oldindan tölaş va blokirovka qiliş orqali belgilaş nazarda tutilmoqda.

Şu bilan bir qatorda, şartnoma majburiyatlarini bajariş uçun kafolatlar beriş tartibi joriy etilmoqda.