“Maktab davridan rosa öqişga hujjat topşirganman, lekin…”
— 1958 yil Andijon viloyati Jalaquduq tumanida oddiy işçi oilasida tuğilganman. Otam haydovçi, onam uy bekasi bölgan. Otam ötib ketgan, onam hayot, 85 yoşni qoralab qöygan. Oilada 9 farzandmiz, men tönğiç qizman. Yoşligimdan kitob öqişga, qöşiq aytişga qiziqardim. Onam xalq oğzaki ijodini juda yaxşi biladigan, köp kitob öqiydigan ayol bölgan va bu menga ta’sir qilmay qolmagan.
Maktab davridan fan olimpiadalariga qatnaşib yuradigan bilimli qiz edim. Lekin negadir omadim çopmadimi, heç öqişga kirolmaganman. Nima bölsa ham umidsizlikka tuşmadim, 1978 yilda Asaka şahridagi maktabgaça tarbiya pedagogika bilim yurtiga kirdim. 1980 yil bu yerni imtiyozli diplom bilan tugatdim. Keyin qöşnimizga turmuşga çiqdim. Juda yaxşi oila bölgani uçun ança-munça armonlarim ham ortda qoldi.

“Oilali bölganimdan keyin turmuş örtoğim öqişga ruxsat bermadi”
— Hozir 3 nafar farzandimiz bor. Ularning hammasini uyli-joyli qilganmiz.
Turmuş davomida ota-onamni, turmuş örtoğimni va qaynota-qaynonamning duosini oldim. Şu orada juda köp joylarda, boğçalarda işladim. Musiqa tarbiyaçisi bölib boğçada işladim. 1983 yildan 2012 yilgaça musiqa tarbiyaçisi va maktabda musiqa öqituvçisi bölib işladim. Şu paytlarda ham heç bölmasa, sirtqi bölimga öqişga kirişni xohlaganman, biroq xöjayinim könmadi.
Oliy ma’lumotli kadr bölmagani uçun işdan böşatişgan
— Turmuş örtoğim öqişimga ruxsat bermadi, deb tuşib qolmadim. Özim sevgan kasbni davom ettiraverdim. Ijod bilan şuğullanaverdim, 400taça şe’rlar, ssenariylar yozdim. Maktabgaça ta’lim, boşlanğiç ta’lim öquvçilari uçun multfilm va ertaklarni şe’riy tarzda yozib sahnalaştirdim.
2021 yilda aprel oyigaça bir xususiy boğçada işlayotgandim. Örnimga oliy ma’lumotli kadrni işga olişdi. Şundan keyin xöjayinimdan öqişga topşiriş uçun ruxsat söradim. Nasibam qöşilgan bölsa kiraman, deb iltimos qilgandim, ular rozi böldi.

“Eng yuqori ballarni olib, 2-örinda öqişga qabul qilindim”
— Hujjatlarimni Andijon davlat universiteti pedagogika institutiga topşirdim. Ijodiy imtihonda eng yuqori ballni oldim. Majburiy fanlar imtihonidan ham yaxşi topşirib, umumiy 142,4 ballni qölga kiritib, 2-örinda öqişga kirdim.
Birinçi kursni ham a’lo baholarga bitirib oldim. Bu orada “Yoşlar murabbiysi” körik-tanlovining viloyat bosqiçida 2-örinni oldim. Nafaqaga çiqqanimdan keyin “Yorqişloq” MFYdan qaynonalar jamoatçilik kengaşi raisi bölib işladim. Ajraşiş yoqasida turganlarni yaraştirişga öz hissamni qöşayotganimdan xursandman.
2022 yil 6 martda “Mötabar ayol” kökrak nişoni bilan taqdirlandim. 2019 yilda “Mening qöşiğim” nomli şe’riy töplamim çiqqan bölsa, hozir boğça tarbiyaçilari uçun “Bolam dedim, bolim dedim” qöllanmasi ustida işlayapman.

Öqişga hujjat topşirişga oilasi qarşilik qilgani haqida
— Öqişga topşirişimga avvaliga oilam qarşilik qildi. Şu yoşga yetganda öqişni nima qilasiz deyişdi. Hadis-u şariflarda ham beşikdan to qabrgaça ilm izlaş kerakligi aytilgan. Bolalarimga öqişga kirişni 45 yil orzu qilganimni, mingdan oşiq kitob öqiganim, endi özimni sinaş payti kelganini aytdim. Oila a’zolarimga bergan ikkinçi javobim esa şunday böldi:
“Kasalxonaga borsangizlar, qança bolalar onasining tuzalişi uçun katta-katta pul sarflab, dardiga davo topolmay yuribdi. Alloh menga şunça salomatlikni, kuç-quvvatni berdi. 3 kelin olgan bölsam, biror marta xafagarçilik bölmadi, ularga ham onalik, ham qaynonalik vazifasini bajardim. Qöni-qöşni, tanişlarning onang şu yoşda öqiydimi degan gapiga e’tibor qilmanglar, onam öqib rohat qilyapti denglar”, – dedim.
“Magistraturada ham öqimoqçiman”
— Öqişga kirganim haqidagi xabar kelganida, şunday xursand böldim, tabriklarga kömilib ketdim.
Bakalavrdan keyin, magistraturani ham öqimoqçiman. 70 yoşga yetganimda magistraturani ham bitirarkanman. Özimning öylab yurgan mavzularim bor. Alloh nasib qilsa, öşa mavzularda ilmiy iş qilib, yaxşi ustozlar bilan orzularimni röyobga çiqaraman.

“Kursdoşlarim nevaram bilan teng”
— Bu yoşda miyaga bilim kiradimi, deyişadi, lekin odam öqiyotgan narsasiga qiziqsa, bilim olişning keçi yöq. Darslarda birinçi partada ötiraman. Dars qoldirmayman. Barça ustozlarim menga qöllaridan kelgança yordam beryapti. Öqiyotgan fanlarimni ham a’lo baholarga bitirib oldim.
Tinmay öqidim, berilgan vazifalarni bajardim, mustaqil işlar qildim. Guruh sardorimiz 2004 yil, nevaram bilan teng. Meni hamma kursdoşlarim hurmat qiladi. Bu yil kursdoşlarim bilan institutimizda ötkazilgan “Zakovat” öyinida qatnaşib,16 guruh içida 4-örinni oldik.
Öqişga kirgandan keyin işga ham kirdim. Hozir ingliz tilini örganişni boşladim.
Öqiş armon bölib qolganlarga maslahat
— Insonda iroda kuçli bölsa, yaxşilik haqida öylasangiz, har qanday maqsadga erişsa böladi. Odam özining tuşkunlikka tuşişiga yöl qöymasligi kerak. Yomon fikrlaydigan odamdan uzoq yuriş kerak. Bunday odamlar sizni orzularingiz, yaxşi xislatlaringizdan mahrum qilişi mumkin. Hamişa yuragingiz toza bölsin, hammaga yaxşilik, savob işlar qiling.
Ezgulikning keçi yöq. Mana menga ergaşib, 10 nafarça tanişlarim öqişga topşirdi. Ular 30-40dan oşgan. Baribir oliy ta’limning boşqaça şukuhi bölarkan. Endi öqib nima qilaman, mening davrim ötdi, demanglar. Beşikdan qabrgaça ilm izlaş kerak, ilm odamni yoşartiradi.
Zuhra Abduhalimova suhbatlaşdi.












