Germaniya, Vengriya va Italiya qiruvçi samolyotlari 1 avgust kuni NATOning Baltic Air Policing missiyasi doirasida Boltiqböyi mamlakatlari havo kengliklarida patrullik qilişni boşladi. Germaniya federal Mudofaa vazirligi 1 avgust, duşanba kuni özining tvitterida HHKning xizmatga kirişişi haqida ma’lum qildi. «Bugundan boşlab Germaniya HHK Boltiqböyi mamlakatlari havo hududini qöriqlaşni öz zimmasiga oladi. Bundesver 2005 yildan beri Air Policing’da - xalqaro havo hududida xavfsizlik va Boltiqböyi davlatlari milliy suverenitetini ta’minlaş maqsadida muntazam ravişda iştirok etib keladi», - deyiladi vazirlik bayonotida.

Yangi kontingentlar aprel oyidan beri mintaqada patrullik qilayotgan Belgiya, Fransiya va Ispaniya bölinmalari örnini bosadi, deya bildirdi NATO. «Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi Yevropa xavfsizligini tubdan özgartirgan bir paytda, NATO qiruvçi samolyotlari keça-yu kunduz ittifoqçilar havo hududini himoya qilişga tayyor. Biz doimo huşyor holatdamiz», - deb ma’lum qildi Şimoliy Atlantika alyansi rasmiy vakili Oana Lungesku. 

NATO böyiça ittifoqçilar Estoniya, Latviya va Litva osmonini 2004 yilda ittifoqqa qöşilganidan beri navbatma-navbat qöriqlab keladi, sababi bu uçala davlatning öz qiruvçi samolyotlari yöq. NATO missiyasi doirasida, agar çet el samolyotlari parvoz qoidalariga rioya qilmasa yoki aviadispetçerlar bilan aloqaga çiqmasa, qiruvçi samolyotlar osmonga kötariladi. 

«NATO tezkor reaksiya bildiruvçi samolyotlari ittifoqçilar havo kengliklariga tahdid solişi mumkin bölgan har qanday samolyotni töxtatib qoliş uçun bir neça daqiqa içida havoga kötarilişga tayyor», — deya ta’kidlab ötgan alyans. Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi ortidan alyans havo patrullari sonini yanada oşirdi, deyiladi NATO xabarida.