Bolgariyada 31 iyul, yakşanba kuni 2014 yilda mamlakat şarqida mojaro avj olgan paytda Ukrainani qurol-yaroğ bilan ta’minlagan tadbirkor Emilian Gebrevga tegişli öq-dorilar omborida portlaş sodir böldi, deb yozadi mahalliy OAV.

Bolgariya milliy radiosining xabar berişiça, hodisa ertalab mamlakat janubi-şarqida joylaşgan Karnobat şahri yaqinidagi sobiq armiya kazarmalari hududida sodir bölgan. Portlaş natijasida omborda yonğin boşlangan, heç kim jabrlanmagan.

Gebrev sodir bölgan voqeani izohlar ekan, «biz heç qanday insoniy xato haqida gapirmayapmiz, bunday bölişi mumkin emas» dedi. Uning sözlariga köra, omborda turli kompaniyalar tomonidan buyurtma qilingan, biroq puli tölanmagan eski öq-dorilar saqlangan.

Ötgan yilning aprel oyida Çexiya rasmiylari 2014 yilda Vrbetitsa qişloğidagi harbiy omborda 150 tonnaga yaqin öq-dorilar yöq bölib ketişiga sababçi bölgan portlaşlarga Rossiya fuqarolarining aloqasi borligini ma’lum qilgan edi. Omborlarni Imex Group xususiy firmasi ijaraga olgan. Çexiya OAVning yozişiça, öq-dorilar Ukraina, Suriya va boşqa mamlakatlarga qurol yetkazib bergani aytilayotgan Gebrev kompaniyasiga yuborilişi rejalaştirilgan edi.

Rossiya Vrbetitsadagi portlaşlarni uyuştirgani haqidagi ayblovlarni asossiz deb atadi. Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning aytişiça, ayblovlar «bema’ni, çunki ular dalilsiz taqdim etilgan». Öz navbatida, Çexiya boş vaziri Andrey Babiş portlaşlarni «misli körilmagan terrorçilik harakati» deb atadi.