Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 yanvardan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashning yangi tartibi o‘rnatiladi

Foto: Norma.uz
Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va ularning cooperation.uz elektron kooperatsiya portalidagi xaridlarda ishtirokini rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Elektron kooperatsiya portali - cooperation.uz elektron tijorat ochiq raqamli ekotizimi ishga tushirilishi bilan davlat xaridlari sohasidagi raqamli ekotizim asosiy platformasiga aylanadi va mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarini mazkur portal orqali realizatsiya qilishda foyda solig‘i va aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha pasaytirilgan soliq stavkalaridan foydalanishi tartibi belgilangan.
2023 yil 1 yanvardan boshlab shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq:
- davlat buyurtmachilari mahalliy yetkazib beruvchilardan xarid qilish imkoniyatlarini o‘rganish uchun o‘z arizalarini portalga joylashtiradi;
- mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan mahsulotlarni yetkazib berish imkoniyati mavjud bo‘lmagan taqdirda, portaldan ushbu arizalar davlat buyurtmachisi xohishiga ko‘ra Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tgan boshqa operatorlar elektron davlat xaridlari tizimlariga yo‘naltiriladi;
- davlat buyurtmachilari tomonidan boshqa operatorlar elektron davlat xaridlari tizimlariga portalni chetlab o‘tgan holda arizalar kiritish taqiqlanadi;
- yagona yetkazib beruvchilarni Moliya vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish va ular tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzish portal maxsus raqamli platformasida onlayn tarzda amalga oshiriladi.
Ushbu platforma to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzilishi asosliligini va yagona yetkazib beruvchilar tomonidan yetkazib beriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) o‘ziga xosligini, bozor boshqa ishtirokchilaridan raqobatbardosh takliflar yo‘qligini tekshirishni ta’minlaydi.
Davlat xaridlari to‘g‘risidagi shartnomalar bo‘yicha hisob-kitoblar davlat buyurtmachilari va yetkazib beruvchilar tomonidan davlat xaridlari tizimi eskrou-agenti vazifasini bajaruvchi elektron tijorat ochiq raqamli ekotizimi yagona hisob-kitob va kliring repozitariy markazida ochilgan yagona shaxsiy hisobvaraqlari orqali amalga oshiriladi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi qoshidagi Raqamli transformatsiya markazi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2022 yil 1 noyabrga qadar davlat xaridlari bo‘yicha yagona yetkazib beruvchilar reyestrini shakllantirish va to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzish tartibini tasdiqlash to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasini ishlab chiqadi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Uzum ta’minotchilar uchun sahifani ishga tushirdi
O‘zbekiston | 16:50
-
Kreml Trampning yangi bayonotlarini tahlil qilish uchun vaqt kerakligini qayd etdi
Jahon | 15:27
-
Migrantlarga Rossiyaga kirishda tibbiy ma’lumotnoma taqdim etish majburiyati yuklanishi mumkin
Jahon | 15:24
-
Saudiya Arabistoni 170 km uzunlikdagi osmono‘par shahar loyihasini qayta ko‘rib chiqmoqda
Jahon | 15:19
Mavzuga oid

09:43 / 08.01.2025
O‘zbekiston noyabrda oltinning dunyodagi ikkinchi yirik xaridoriga aylandi

11:45 / 29.11.2024
Xarid qilish tartib-taomillarining yangi turlari joriy etiladi

18:01 / 11.11.2024
«Qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi

07:50 / 25.09.2024