Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi
Qonun qishloq xo‘jaligi kooperativining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
«Qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi kooperativi – qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshirish uchun pay usuliga, jismoniy va (yoki) yuridik shaxslarning ixtiyoriy ravishda birlashishiga asoslangan mustaqil tijorat tashkiloti hisoblanadi.
Kooperativ qishloq xo‘jaligi sohasida xizmatlar ko‘rsatish bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va realizatsiya qilish, shuningdek qonunda taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
16 yoshga to‘lgan jismoniy shaxslar, shuningdek kooperativ ustavi talablariga javob beradigan yuridik shaxslar kooperativ a’zosi bo‘lishi mumkin.
Kooperativ a’zolarining reyestri kooperativ boshqaruvi tomonidan yuritiladi va unda kooperativning har bir a’zosi to‘g‘risida tegishli ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Davlat organlari, boshqa tashkilotlar va mansabdor shaxslar kooperativning qonunchilikka muvofiq amalga oshirayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Mavzuga oid

16:12 / 31.03.2025
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish tartibi o‘zgartirildi

15:50 / 17.03.2025
Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etiladi

16:15 / 19.02.2025
Ayrim tumanlarda kichik logistika markazlari barpo etiladi

20:13 / 14.02.2025