BMT ma’lumotlariga köra, Şimoliy Koreya 2017 yildan buyon ilk yadro sinovini ötkazişga tayyorlanmoqda. Sönggi oylarda mamlakat şimolidagi yerosti poligonida quriliş işlari olib borilayotgani kuzatilmoqda. Bu haqda 5 avgust, juma kuni BMTning maxfiy hisobotiga tayanib, dpa agentligi xabar berdi.

«Pungeri» yadro poligonidagi işlar yadroviy qurol yaratiş uçun qöşimça yadro sinovlarini ötkazişga zamin yaratmoqda», — deyiladi hisobotda. BMTning ta’kidlaşiça, bu joyning sun’iy yöldoşdan olingan suratlari KXDR «Pungeri»dagi tunnellar tarmoğini ta’mirlayotgani, şuningdek, 2018 yilda AQŞ bilan muzokaralar çoğida buzib taşlangan inşootlarni tiklayotganini körsatmoqda. 

Kuzatuvçilar bir neça oydan beri Şimoliy Koreya köp sonli raketa sinovlaridan söng sönggi beş yil içida ilk yadroviy sinovini ötkazişi mumkinligidan xavotirda. Iyun oyida Atom energiyasi xalqaro agentligi (AEXA) ham KXDR 2006 yildan 2017 yilgaça oltita yadroviy sinov ötkazgan «Pungeri» poligonida faollikni qayd etgan edi.