Guvohlar körsatmasiga asoslangan BMT hisobotiga köra, Mali hukumati nomidan harakat qilgan askarlar inqirozga yuz tutgan mamlakatda 30 dan ortiq tinç aholi vakilini öldirgan. Hujjat bilan tanişgan dpa axborot agentligining 5 iyul, juma kuni xabar berişiça, BMT ekspertlarining 78 sahifalik hisoboti uşbu taşkilot Xavfsizlik kengaşiga taqdim etilgan. Hisobotda jinoyatçilar guvohlar tomonidan «oq tanli askarlar» sifatida tasvirlangan.

Mali harbiy xuntasi xizmatida bölgan Rossiyaning «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi (XHK) BMT hisobotida töğridan töğri tilga olinmagan, ammo dpa ma’lumotiga köra, ekspertlar guvohlar tomonidan tasvirlangan askarlar bu harbiy tuzilma jangçilari ekaniga şubha qilmayapti. Xususan, jinoyat vaqtida Rossiya armiyasi zaxiralarida bölgan arqonlar qöllangani ham şundan dalolat beradi. 

BMT hisobotida mart oyi boşida Mali markazida, Mavritaniya bilan çegarada sodir bölgan voqea tasvirlangan, öşanda Mali kuçlari mintaqadagi oltita aholi punktiga ikki kun içida hujum qilgan. 5 mart kuni ertalab quduğidan malilik va mavritaniyalik çorvadorlar tez-tez foydalanadigan qişloqqa «oq tanli askarlar» yetib kelgan. «Askarlar voyaga yetgan erkaklarni, jumladan, yoşi kattaroq öğil bolalarni ham yiğib, qöllarini orqalariga boğlab, közlarini boğlab qöydilar», deyiladi BMT hisobotida guvohlarning sözlariga tayanib.

Hisobotda aytilişiça, askarlar qişloqdagi uylarga bostirib kirib, ularni talon-toroj qilgan. Şundan söng ular boğlangan erkaklarni oğir tayoqlar bilan kaltaklagan, boşqa askarlar esa «kaltaklanayotgan erkaklarning qiçqiriğini eşitişi mumkin bölgan» ayollar va bolalar joylaşgan uylar eşiklarini yopib taşlagan. Guvohlar sözlariga köra, 33 yoki 34 kişi, jumladan 29 nafar mavritaniyalik va tört nafar malilik olib ketilgan. Bir kundan keyin ularning jasadi qişloqdan tört kilometr uzoqlikda topilgan. Hisobotga köra, ular otib taşlangan, keyin esa yoqib yuborilgan.

Xuddi şunday holatlar mintaqaning boşqa aholi punktlarida ham sodir bölgan. Ularning ikkitasida vertolyotda «oq tanli askarlar» kelgan. Biroq guvohlar jinoyatçilarning kimligini aniqlay olmadi. 

BMT hisobotiga köra, sönggi paytlarda hatto poytaxt Bamakoda ham salbiy hodisalar köpaygan, bu Malidagi beqaror vaziyatga bevosita aloqador bölib turibdi. Bunda, inson huquqlarining jiddiy buzilişi röy bermoqda, tinç aholi vakillarining ölimi holatlari xavotirli darajada ortişi kuzatilmoqda. Faqatgina 1 yanvardan 31 martgaça bölgan davrda Malida 543 nafar tinç aholi vakili öldirilgan. 

2021 yil may oyida Malida yuz bergan harbiy töntarişdan söng juda beqaror ğarbiy Afrika davlati Rossiya bilan yaqin aloqada bölgan va «Vagner» XHK yollanma askarlari xizmatidan foydalanayotgan harbiy xunta tomonidan boşqariladi. BMT doiralarida bu tuzilma Kremlga yaqin sanaladi. 

Mali va uning xalqaro hamkorlari örtasidagi keskinlikning kuçayişi hamda mamlakatda ekstremistik guruhlar faollaşişi BMT tinçlikparvar missiyasini Malida joylaştirişga tobora köproq tösqinlik qilmoqda.