Putinning oşpazi Prigojin uruş davrida Rossiyadagi eng maşhur odamga aylandi. Uning uruş tarafdorlari orasidagi maşhurligiga har qanday harbiy qömondon, hatto prezident Putin havas qilsa ham arzirdi. Axir Prigojin xususiy armiyasi bilan butun boşli şaharni egallab olganda uni köçalarda olqiş bilan kutib olişdi. «Vagner» asosçisi bemalol Gerasimov va Şoygu uruşni boşqargan ştabga bostirib borib, generallarga buyruq bergan, buning barçasini videoga olib körsatgandi.

«Adolat marşi» deb atalgan bu yuriş «Vagner» jangçilari Moskvaga yaqinlaşganda töxtagan va Aleksandr Lukaşenko vositaçiligidagi muzokaralarda Prigojin öz armiyasini Belarusga olib çiqişga rozi bölgandi. Oxir-oqibat Putinga qarşi kötarilgan isyon Prigojin uçun ayançli tugadi va uruş davridagi Rossiyaning eng maşhur insoni sirli tarzda ğoyib böldi.

Halokat

2023-yil 23-avgust tunda Embraer Lagacy 600 xususiy samolyoti Tver oblasti Bologov rayoni Kujenkino qişloği yaqinida qulab tuşadi. Bortdagi ön kişining hammasi öladi. Halok bölganlar «Vagner» asosçisi Yevgeniy Prigojin, harbiy nomi «Vagner» bölgan qömondon Dmitriy Utkin (guruh nomi uning çaqiruv nomidan olingan), Prigojinning yordamçisi Valeriy Çkalov, guruhga aloqador Sergey Propustin, Yevgeniy Makaryan, Aleksandr Totmin, Nikolay Matuseyev va uç nafar ekipaj aʼzosi edi.

Halokat sodir bölganidan söng samolyotda Prigojin bölganmi-yöqmi degan savol kun tartibiga çiqdi. Rosaviatsiya tadbirkor samolyotda bölganini tasdiqlaydi. Turli manbalar Prigojin avval ham şu samolyotdan foydalanib kelganini yozib çiqdi. Samolyot Moskvadan Peterburgga uçayotgan bölgan.

Putinning reaksiyasi

Prigojinning samolyoti halokatga uçraganidan biroz ötib Putin Kursk jangining 80 yilligiga bağişlangan bayram tadbiriga taşrif buyuradi. Marosim jonli tarzda efirga uzatiladi va Putin Rossiya qahramoni unvonini olgan harbiylarni mukofotlaydi.

Putin Prigojinning ölimi haqida ilk marta halokatdan bir oy ötib, Kremlda «DXR» rahbari Denis Puşilin bilan uçraşuv çoğida gapiradi. Qurbonlar orasida Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşida «ulkan hissa qöşgan» xususiy harbiy kompaniya xodimlari ham bölganini eʼtirof etib, Prigojin «kerakli natijaga erişadigan, murakkab taqdirli inson bölganini» aytgandi.

«Prigojinni 90-yillardan beri bilaman. U murakkab taqdirli inson edi, hayotda jiddiy xatolari ham böldi. Kerakli natijalarga ham erişdi, umumiy iş uçun ham. U isteʼdodli inson va tadbirkor edi», degandi Putin.