Kosovoda respublika şimolidagi çegarani kesib ötmoqçi bölganida «Komsomolskaya pravda» gazetasi jurnalisti Darya Aslamova vaqtinça qölga olindi. 7 avgust, yakşanba kuni ertalab u öz gazetasi tahririyatiga keçasi qöyib yuborilgani, Serbiya bilan çegaraga yetib kelgani va Serbiyaning Raşka şahrida ekanligini aytdi.
Kosovo IIV rahbari Jalol Sveçlyaning aytişiça, Aslamova respublikada persona non grata deb e’lon qilingan, unga Kosovoga kirişi beş yilga taqiqlangan.
Bir kun avval Sveçlya Aslamova josuslikda gumonlanib qölga olinganini aytgan edi. «Köplab davlatlar uning Rossiya razvedkasi uçun josuslik bilan şuğullanganini va jurnalistik niqob ostida harakat qilganini isbotladi. U Ukrainadagi jangovar harakatlarda ham qatnaşib, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişini tarğib qilgan», deb yozdi Sveçlya Facebook’da.
Uning sözlariga köra, Kosovo rasmiylari Aslamovaning faoliyatidan xabardor bölgan, uning bir qator davlatlarga kirişi esa allaqaçon taqiqlangan. «Uning mamlakatimizga kirib borişga urinişi, mamlakat şimolidagi voqealar rivojiga töğri kelişi bilan bir qatorda, Rossiyaning bizning mamlakatimizni beqarorlaştirişga qaratilgan taşviqoti haqida aniq dalolat beradi», - deya ma’lum qildi Kosovo IIV rahbari.
«KP»ning xabar berişiça, Aslamova tahririyat körsatmasi böyiça Serbiyada bölgan va serb-kosovo mojarosining keskinlaşuvi munosabati bilan maxsus reportaj tayyorlaşi kerak edi. Hozir ayol aloqaga çiqmayapti, deya aniqlik kiritdi tahririyat. Rossiyaning Serbiyadagi elçixonasi gazetaga xabar berişiça, ularda Aslamovaning qölga olingani va qayerda ekani haqida hozirça ma’lumot yöq.
2017 yilning sentabrida Aslamova Moldovaga kiritilmagan, u yerda jurnalist mamlakat prezidenti lavozimida işlagan Igor Dodondan intervyu olişni rejalaştirgandi. Öşanda Aslamova çegaraçilar heç qanday izoh bermasdan uni Ruminiyaga uçayotgan samolyotga kuzatib qöyişganini aytgandi.
31 iyul kuni keçqurun Kosovoda Serbiya bilan çegaradagi «Brnyak» va «Yarine» nazorat-ötkaziş punktlari yaqinida transport harakati yuk maşinalaridagi etnik serblar tomonidan tösib qöyildi, ular Serbiyada özlariga berilgan avtomobil raqamlari va şaxsiy hujjatlarni almaştirişga qarşi çiqdi. Kosovo hukumati öz qarorini Serbiyaga kirib kelayotgan Kosovo fuqarolariga ham xuddi şunday talab qöygan Belgrad harakatlariga javob deb atadi.
Kosovo hududida xavfsizlikni ta’minlaş uçun mas’ul bölgan NATO boşçiligidagi xalqaro kuçlar (KFOR) Kosovo barqarorligiga tahdid tuğilgan taqdirda, Belgrad va Priştina örtasidagi çegara mojarosiga aralaşişga tayyorligini bildirdi. Keyinçalik Priştina serblarni ğazablantirgan çoralarni 1 sentabrgaça qoldirdi.












