“Ekoinspektorlarda hatto ratsiya ham yöq”
— Men Janubiy Ustyurt, Hisor qöriqxonalarida ekoinspektorlar bilan birga yurganimda ularning quroli yöqligini körib hayron qoldim. Ularga qurol berilmagan. Ular qanday qilib qurolli brakonerlarga qarşi çiqişi mumkin. Bu juda kulgili, şunday holatda ham ularning juda köpçiligi sidqidildan xizmat qilib, jonini xatarga qöyadi.
Ikkinçidan, yuqoridagi ikkala qöriqxona ekoinspektorlari oddiy ratsiya bilan ta’minlangan. U yerda oddiy mobil operatorlar işlamagani sabab ekoinspektorlar sun’iy yöldoş orqali işlovçi ratsiya bilan ta’minlanişi kerak. Çunki masofa ozgina uzoqlaşsa, ular bir-birini yöqotib qöyadi. Xavf tuğilsa, bir-birining oldiga yetib kelolmasligi mumkin.
Ekoinspektorlarga aynan milliy gvardiya, içki işlar xodimlariga berilgan imtiyozlarning hammasini beriş kerak deb öylayman. Çunki ular odam qöriqlasa, ekoinspektorlar hayvonot dunyosini qöriqlayapti. Şuning uçun ularning vakolatlarini kengaytiriş kerak. Bundan taşqari, ekoinspektorlarning oyligi ham juda kam.
Yana bir muammo – qöriqxonalarda dronlar yetişmaydi. Hamma qöriqxona va boşqarmalarga albatta dronlar beriş kerak va qöriqlanadigan hudud dronlar kuzatuvi ostida bölişi kerak.
Noyob hayvonlar yaşaydigan yerlarning özlaştirilişi
— Afsuski, Özbekistonda ekologiya boşqarmalarining hokimliklarga tişi ötmaydi. Natijada hokimliklar tadbirkorlarga istagan yerini bölib beryapti. Bölib berilgan hududlarda yovvoyi jonivorlar, Qizil kitobga kiritilganlari ham yaşaydi. Köplab aholi vakillari nima uçun tulki kelib, tovuğimni yeb ketdi yoki ilon uyimga kirdi deb murojaat qiladi. Aslida odamlar öşa jonivorlarning uyida yaşayapti. Bizda hamma joy özlaştirilgan bölsa, jonivorlar qayerdan ovqat oladi? Şuning uçun tabiiy muhofaza qilinadigan hududlarni köpaytiriş kerak.
Birgina Yozyovon çölini oladigan bölsak, çöl özlaştirilişi natijasida u yerda yaşayotgan Qizil kitobga kiritilgan, dunyoning biror joyida yöq 5ta endemik kaltakesak yöqolib boryapti. Mutaxassislar bu jarayon 4-5 yil davom etadigan bölsa, tadbirkorlarga yer ajratib beriş töxtatilmasa, öşa turdagi kaltakesaklar umuman Yer yuzidan yöq bölib ketadi deyişdi.
Reabilitatsiya markazlari haqida
— Umuman olganda, Özbekistonda ekologiya sohasiga oid köp taşkilotlar bor. Bizda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi, Örmon xöjaligi davlat qömitasi, Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş qömitasi kabilar bor. Lekin ekologiya, Qizil kitobga kiritilgan jonivorlar, yovvoyi jonivorlar muhofazasiga oid muammolar juda köp. Masalan, Özbekistonga köplab hayvonlar noqonuniy olib kiriladi. Ular bojxona xodimlari tomonidan uşlanadi. Xöş, bu jonivorlar taqdiri keyin nima böladi?
Aslida ular jonivorlarni reabilitatsiya qiliş markaziga jönatilişi kerak. Bizda bunday markazning özi yöq. Natijada ularni Toşkent hayvonot boğiga jönatişadi. Lekin boğ direktori köp marotaba boğda hayvonlar köpayib ketgani, qöşimça jonivorlarni olişga imkon yöqligini aytgan. Viloyatlardagi hayvonot boğlari esa öta abgor holatda. Bizga ham şunday reabilitatsiya markazlari kerak.
Bu yerda yana bir mantiqsizlik bor: nega hayvonot boğlari, sayyor zooparklar Madaniyat vazirligi tasarrufiga berilgan?
“Ekologiya sohasida işlab yurgan, lekin sohani tuşunmaydigan xodimlar bor”
— Ekologiya sohasiga aynan ekologiya fakultetlarini bitirayotgan mutaxassislarni oliş kerak. Afsuski, tizimda “osmondan tuşib qolgan” kadrlar köp. Aksariyat holatda ekoinspektor lavozimiga umuman boşqa soha odamlari olinadi. Bu – “perevaloçnyy punkt”, ya’ni boşqa işga ötib oliş uçun qulay joy bölib qolgan.
Samarqandda ham, Qaşqadaryoda ham bir xil holatga guvoh böldim: Ekopartiyaga özi nima uçun kirganini bilmaydigan odamlar bor. Faqat öşa yerda yurib, nomidan foydalanişni maqsad qilganlar bor. Faqat odamlar sonini köpaytiriş emas, endi sifat uçun ham işlaş kerak.
“Ekopartiya real muammolarni kötarişi kerak”
— Ekopartiyaga keladigan bölsak, Ekopartiyaning xalq orasidagi nufuzini oşiriş kerak, buning uçun partiya faqat PR bilan şuğullanmasdan, aynan joylardagi real muammolarni ko‘rcatishi kerak. Çunki odamlar hozir ekopartiyaga nisbatan ham juda salbiy fikrga borib qolişgan.
Men özim ularning qilayotgan işlarini bilaman. Lekin real ravişda ularning qilayotgan işi unçalik körinmayapti. Eng asosiysi, Ekopartiya jamoatçilikda ekologiyaga bölgan munosabatni özgartirişi kerak. Çunki jamoatçilikni jonlantirişda ularda mablağ ham, kuç ham yetarli. Ekopartiya ekologiyani asraş böyiça öquv seminarlari taşkil qilişi, xodimlarining ongini özgartirişi kerak.
Har bir taşkilotda ekologik yoşlar qanotini taşkil qiliş ham zarur. Bu yoğiga ekologik muammolar köpayaveradi va jiddiylaşaveradi.
Boşqaruvni ixçamlaştiriş
— Bizda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi, Örmon xöjaligi davlat qömitasi, Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş qömitasi bor. Ular yagona Davlat ekologiya qömitasi sifatida birlaştirilişi lozim.
Bundan taşqari, hayvonot boğlarini ham Madaniyat vazirligi tasarrufidan çiqarib, öşa qömitaga kiritiş kerak. Birlaştirilgan Ekoqömita esa bevosita Senatning nazoratida bölişi zarur.
Zuhra Abduhalimova suhbatlaşdi.












