Finlandiya poytaxti Helsinki şahrida UYeFA Superkubogi doirasidagi «Real» hamda «Ayntraxt» örtasidagi bahs bölib ötdi.
YeÇL ğolibi va Yevropa ligasi sohibi örtasidagi öyinda ispan klubi nemis jamoasidan ustun keldi. Birinçi bölimda David Alaba hisobni oçdi – 1:0.
Ikkinçi bölimning 65-daqiqasida esa Karim Benzema ikkinçi golni kiritib, öyin taqdirini hal qildi – 2:0.
Şu tariqa, Karlo Ançelotti murabbiyligidagi madridliklar Yevropa Superkubogini ham qölga kiritib, yangi mavsumni sovrin bilan boşlaydigan böldi. Bu «qirollik klubi» tarixidagi 5-UYeFA Superkubogi sifatida tarixga kirdi.
UYeFA Superkubogi. 10 avgust (çorşanba)
Real Madrid – Ayntraxt Frankfurt - 2:0
Helsinki, «Olimpiya» stadioni.
Gollar: 1:0 – 37 Alaba, 2:0 – 65 Benzema.
Real Madrid – Kurtua, Karvaxal (Ryudiger, 85), Alaba, Militao, Mendi, Modriç (Rodrigo, 67), Kroos (Tçuameni, 85), Kazemiro, Valverde (Kamavinga, 76), Benzema, Vinisius Junior (Sebalos, 85).
Ayntraxt F – Trapp, Ture (Alario, 70), Ndika, Tuta, Lens, Rode (Getse, 58), Sou, Kamada, Lindstrem (Kolo-Muani, 58), Knauff, Borre.












