Dunyo «liberal qadriyatlardan töygan», Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyoti va ğarb sanksiyalari Rossiyaga konservativ qadriyatlar, vatanparvarlik bilan madaniyatning asl yöliga qaytarişga yordam berişi kerak, deya ma’lum qildi taniqli rossiyalik aktyor va rejissyor Sergey Bezrukov AFP naşriga bergan intervyusida. U 16 avgust, seşanba kuni e’lon qilindi.
«Biz öz an’analarimiz bilan boğlaniş uçun Rossiyaning izolyatsiyasidan foydalanişimiz kerak. Rossiya Hollivudga qaraşning örniga, ğarb ta’siridan tozalangan öz madaniyatini qurişi kerak. Sönggi 30 yil davomida biz Marvel olamida yaşayapmiz. Özimizning olamimizni yaratiş vaqti keldi», - deya ma’lum qildi Moskva Gubernskiy teatrining 48 yoşli badiiy rahbari.
Bezrukovning ta’kidlaşiça, SSSR davriga qaytiş, albatta, mumkin emas, lekin Rossiya, uning sözlariga köra, öz kuçlariga işonçni tiklaşga harakat qilişi mumkin. Yevroittifoq yaqinda Sergey Bezrukovga qarşi Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişini qöllab-quvvatlagani uçun sanksiyalar kiritdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ötmişda özini din, erkak va ayol örtasidagi nikoh kabi an’anaviy qadriyatlarga amal qiluvçi şaxs sifatida körsatib, ğarb liberal qadriyatlari eskirganini ta’kidlagandi. Ukrainada uruş boşlanganidan beri Rossiya rasmiylari bu masalada san’at katta rol öynaşi kerakligini ta’kidlab, ğarb qadriyatlaridan voz keçiş harakatlarini kuçaytirdi.
«Rossiya konservativ inqilob yoqasida», deya ma’lum qildi MXAT badiiy rahbari, Ukrainada Rossiyaning, uning sözlariga köra, «muqaddas uruşi» tarafdori Eduard Boyakov.












