AQŞ prezidenti Jo Bayden 16 avgust, seşanba kuni iqlimni muhofaza qiliş, mamlakat energiya xavfsizligini ta’minlaş va soğliqni saqlaş taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşga katta sarmoya kiritişni nazarda tutuvçi qonun loyihasini imzoladi. AP agentligining ta’kidlaşiça, bu harakat, xususan, 8 noyabrda bölib ötadigan oraliq saylovga uç oydan kamroq vaqt qolganida saylovçilar orasida Demokratlar partiyasining mavqeyini mustahkamlaşga qaratilgan.
Gap tarixda iqlim özgarişi bilan kuraş sohasiga eng yirik federal sarmoyalar haqida ketyapti - bu maqsadlar uçun ön yil içida 375 mlrd dollar (368,7 mlrd yevro) ajratiladi. Bundan taşqari, Amerikaning keksalarga tibbiy yordam körsatiş federal dasturi Medicare a’zolari uçun retsept böyiça dori-darmonlarga sarflanadigan şaxsiy xarajatlari yuqori çegarasi belgilanmoqda, u 2000 dollar (1966 yevro) miqdorida mustahkamlab qöyildi. Yangi çora-tadbirlar, şuningdek, 13 million AQŞ fuqarosiga COVID-19 pandemiyasi davrida beriladigan subsidiyalarni uzaytiriş orqali tibbiy suğurtasini qoplaşga yordam beradi.
64 mlrd dollar (62,9 mlrd yevro) soğliqni saqlaş sohasi taşabbuslariga, xususan, dori-darmonlar narxini pasaytirişga yönaltirilyapti.
Yirik kompaniyalardan olinadigan yangi soliqlar hamda badavlat jismoniy va yuridik şaxslardan yiğimlar miqdorini oşiriş hisobiga budjetga zarur mablağlar jalb qilinadi.
Hujjatni imzolaş marosimida Bayden Respublikaçilar partiyasi a’zolari tomonidan zaif qöllab-quvvatlanayotganini tanqid qildi. «Bu tarixiy lahzada demokratlar Amerika xalqi tomonida böldi, Kongressdagi har bir respublikaçi esa ovoz beriş jarayonida özining alohida manfaatlaridan kelib çiqdi», dedi u.
12 avgustda qonun loyihasini qabul qiliş paytida AQŞ Kongressi Vakillar palatasida ovozlar partiyalar böyiça taqsimlandi (220 nafar demokrat taşabbuslar paketini qöllab-quvvatladi, 207 nafar respublikaçi qarşi ovoz berdi).
Bungaça qonun loyihasi AQŞ Kongressi Senatida atigi bir ovoz (51-50) bilan ma’qullangandi, hal qiluvçi ovoz vitse-prezident, demokrat Kamala Xarris tomonidan berildi.
Demokratik partiya a’zolari qonun loyihasi ularga oraliq saylovda Kongressning har ikki palatasida örinlarni saqlab qolişga yordam beradi deb umid qilmoqda. Ayni paytda, tahlilçilar noyabr oyida respublikaçilar Senat va Vakillar palatasida köpçilik örinni qölga kiritişi mumkinligini taxmin qilmoqda.
AQŞ rasmiylarining fikriça, qonunda belgilangan çora-tadbirlar pirovardida mamlakatdagi inflatsiya darajasini pasaytiradi.
Bayden bir yarim yil muqaddam prezidentlikka kelganida katta islohotlarni va’da qilgan edi, biroq hozirça ularni töliq amalga oşira olmadi.












